calendar 11 Jan 15:11
eye 100
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

image
Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va YHXB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Cobalt' rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqaro У.Қ. qoʻlbola usulda tayyorlangan 666 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini Nukus shahrida sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlangan.

Departamentning Qibray tuman boʻlimi, IIB va Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda tumandagi 'O.' MFY hududidagi xonadonlardan birida yashovchi Р.Қ. alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelayotganligini aniqlanib, uning xonadonidan 434 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:36
 
17
0
xs.uz

Yorugʻ kunlardan umidvor qiziltepaliklar

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qamashi tumanining Qiziltepa mahallasi hududdagi eng yirik aholi yashash manzillaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda bu yerdagi 760 ta xonadonda 4280 nafardan oshiq kishi istiqomat qilmoqda.Mahalla markazini koʻpchilik Qiziltepa shaharchasi, deb atashadi. Mahalla 'Gʻuzor-Shahrisabz' avtomobil yoʻlining boʻyida joylashgan. Tumanning togʻli qishloqlari, xususan, mashhur 'Langar ota' ziyoratgohi, Maydanak observatoriyasiga olib boruvchi yoʻl ham shu mahall

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanidagi intensiv bogʻda sarxil mevalar hosilini koʻzdan kechirdi

'Meridian Tempo' korxonasiga qarashli ushbu 54 gektar bogʻda gilos, olma, nok va malinaning eksportbop navlari ekilgan. Koʻchatlar Fransiya va Ispaniyadan keltirilgan. Daraxtlar oʻzini oʻzi changlatish xususiyatiga ega. Bu hosildorlik yuqori boʻlishida muhim oʻrin tutadi.Zamonaviy agrotexnologik tizimlar orqali bogʻda toʻliq tomchilatib sugʻorish joriy etilgan. Avval suv maxsus havzada toʻplanadi va tabiiy nishablik orqali sugʻoriladi. Bunga energiya sarflanmay, natijada xarajat va ma

08 Jun 02:26
 
40
0
xs.uz

Senatda AQSH Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2025-yil 5-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general Bobbi Jinn boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan, xavfsizlik sohasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.Muzokaralar davomida tomonlar Oʻzbekiston va AQSH munosabatlarining bugungi holatini muhokama qilar ekan, hamkorlik aloqal

31 May 08:49
 
52
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na