calendar 11 Jan 10:10
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Madam Klod” Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi

image

Joriy yilning 5 yanvar kuni Interpol tomonidan qizil bildirishnoma bilan “Xalqaro odam savdosi” jinoyati doirasida qidiruvga berilgan, xalq orasida “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan, 1989 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Mirxanova Nilufar Abduraimovna Turkiyaning Chanoqqal’a viloyati Ayvajik tumanida ushlangani haqida xabar bergan edik.

 U joriy yilning 10 yanvar kuni Istanbul xalqaro aeropotidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Nilufar Mirxanova O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida qo‘lga olingan. Shu paytgacha u odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan. 

"Mirxanova Nilufar Abduraimovna joriy yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeropotidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Ma’lumot uchun, Mirxanova Nilufarning Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistondan ko‘plab ayollarni noqonuniy yo‘llar bilan Turkiyaga olib o‘tib, vositachilar orqali fohishaxonalarga sotgani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Madam Klod” bilan uning 7 nafar o‘zbekistonlik hamtovog‘i ham ushlangani ma’lum bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Jul 14:15
 
61
0
qalampir.uz

Bog‘dan olma o‘g‘irlagan bolalarni kaltaklagan erkak “samosud” qilindi

Samarqandda bog‘dan olma o‘g‘irlagan bolalarni arqon bilan bog‘lab haqorat qilgan va urib, tan jarohati yetkazgan erkak “samosud” qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev ma’lum qildi. Bildirilishicha, “Oqoltin” mahallasida yashovchi fuqaro T.O‘. o‘ziga tegishli olma bog‘ida mevalarni o‘g‘irlayotgan voyaga yetmagan bolalarni  ushlab olgan va ularni chaylasiga olib kelib, o‘g‘rilik qil

19 Jul 14:53
 
58
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Mirziyoyev o‘z maktubida so‘nggi yillarda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli munosabatlarini sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarishda, respublikadagi ortga qaytmas tus olgan demokratik va iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda Yevrokomissiya rah

11 Jul 15:11
 
71
0
xs.uz

Andijondagi noqonuniy mayning-ferma davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 million soʻm zarar yetkazdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman boʻlimi tumanda 'Mayning ferma' tashkil etgan xonadonni aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Departament va ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Oʻ.A. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, 'Qoraqalpoq' MFYdagi xonadonida 14 ta toʻplamdagi 'Bitmain' mayning kripo-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻ

26 Jul 10:20
 
28
0
xs.uz

26-iyul kuni harorat 45 darajani tashkil etadi

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +40...+42 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +32...+37 daraja b