Viloyat IIB XTTB JXB JTSG inspektori Minal Qambarova 1995-yil Termiz shahrida tug‘ilgan. Ziyoli o‘qituvchi oilasida tarbiya olgan Minal Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakultetini tamomlagan. Ichki ishlar organlarida 2020-yildan beri faoliyat olib bormoqda.
Minal yosh xodim bo‘lishiga qaramay, turli tadbirlarda ham juda faol. U “Zakovat” o‘yinlarining viloyat IIB jamoasi a'zosi sifatida doimiy qatnashchisi. Qolaversa, huquq-tartibot idoralari yosh xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovlar, xususan, 2023-yilda Samarqandda o‘tkazilgan “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovining faol ishtirokchisi. Buning uchun bir necha marotaba viloyat IIB hamda XTTB rahbariyati tomonidan rag‘batlantirilgan.
Termiz tumanida joylashgan Fayoztepa tarixiy yodgorligiga tashrif buyurgan 4 nafar germaniyalik sayyoh yo‘lidan adashib qoladi. XTTB navbatchilik qismiga shu holat bo‘yicha xabar kelib tushgach, katta leytenant Minal Qambarova Fayoztepaga borib, sayyohlar bilan suhbatlashib, ularga temiryo‘l vokzalidan chipta sotib olishlariga ko‘maklashib, Toshkent shahriga kuzatib qo‘yadi.
Minal Qambarova yo‘ldan adashib qolgan, buyumlarini yo‘qotib qo‘ygan sayyohlarga yaqindan yordam berib kelmoqda. O‘z kasbini sevib, har bir vazifani sidqidildan ado etib kelayotgan yosh xodima kasbdoshlari orasida ham hurmat qozongan.
U ingliz hamda rus tilini mukammal bilgani uchun ushbu tillarda jahon adabiyotining durdona asarlarini sevib mutolaa qiladi. Ayniqsa, Lev Tolstoy romanlarini o‘zgacha ishtiyoq bilan o‘qiydi. Hozirda u S1 sertifikatini olish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
– Afsonalarga ko‘ra qadimda Minal ismli afsonaviy qahramon ayol yashagan va u o‘z qavmi uchun katta fidoyilik ko‘rsatgan. Ismimni esa ana shu afsonaviy qahramon ayolga mengzab qo‘yishgan. Meni ham u singari Vataniga, o‘z xalqiga sadoqatli inson bo‘lishimni istashgan bo‘lishsa, ajab emas. Zero, tanlagan kasbim ayni fazilatlarni taqozo etadi. 2024-yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e'lon qilingani ham biz yoshlarni barcha jabhada faol bo‘lishga undaydi. Men ham bunday qo‘llab-quvvatlovdan mamnun holda izlanishda davom etaman.
Feruza RAHMONQULOVA,
o‘z muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
Oʻzbekistonga kelayotgan fransuzlar soni 20,8 foizga oshdi
Oʻzbekistonga kelayotgan xorijiy turistlar soni ortib borayotgani kuzatilmoqda. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Fransiyadan jami 6,8 ming nafar turist mamlakatimizga tashrif buyurgan.Qayd etish kerakki, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga yoki 20,8 foizga koʻpaygan.Maʼlum qilinishicha, tashrif buyurgan fransiyaliklarning asosiy qismi sayyohlik maqsadida kelgan. Joriy yilning dastlabki toʻrt oyi davomida
Oʻzbekiston delegatsiyasi Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda
Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (RC COP-12) boshlandi. Ushbu anjuman Bazel konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn yettinchi yigʻilishi (BC COP-17) va Stokgolm konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (SC COP-12) bilan ketma-ket tarzda 9-maygacha davom etadi.'Yashirin narsalarni koʻrinarli qilish: kimyoviy moddalar va chiqindilarni oqilona boshqarish' mavzusida oʻtayotg
Oʻzbekistonda toʻrt oyda 29 mingdan ortiq yangi korxona tashkil etildi
2025-yilning yanvar'aprel oylarida Oʻzbekistonda jami 29 ming 134 ta yangi korxona va tashkilot (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,2 foizga koʻp boʻlib, mamlakatda tadbirkorlik va iqtisodiy faollik darajasining ortib borayotganini koʻrsatmoqda.Yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Mazkur davr mobaynida poytaxtda 6 ming 363 ta yangi korxona roʻyxatdan oʻtgan. Bu umumiy koʻrsatkichnin
Kelgusi hafta boshida xorijiy valyutalarning kursi qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-may kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,07 soʻmga oshib, 12 915,07 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 64,84 soʻmga koʻtarilib, 14 659,90 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,89 soʻmga tushdi va 156,43 soʻmni tashkil qildi.