calendar 18 Jun 21:55
eye 82
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda toʻrt oyda 29 mingdan ortiq yangi korxona tashkil etildi

image
2025-yilning yanvar'aprel oylarida Oʻzbekistonda jami 29 ming 134 ta yangi korxona va tashkilot (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,2 foizga koʻp boʻlib, mamlakatda tadbirkorlik va iqtisodiy faollik darajasining ortib borayotganini koʻrsatmoqda.

Yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Mazkur davr mobaynida poytaxtda 6 ming 363 ta yangi korxona roʻyxatdan oʻtgan. Bu umumiy koʻrsatkichning qariyb beshdan bir qismini tashkil etadi.

Toshkent shahridan keyin ikkinchi oʻrinda Toshkent viloyati turibdi ' bu hududda 2 ming 743 ta yangi korxona tashkil etilgan. Uchinchi oʻrinda esa Fargʻona viloyati ' bu yerda 2 ming 558 ta yangi subyekt faoliyat boshlagan.

Keyingi oʻrinlarda mos ravishda Xorazm viloyati (2 ming 464 ta), Samarqand viloyati (2 ming 202 ta), Qashqadaryo viloyati (1 ming 858 ta), Buxoro viloyati (1 ming 810 ta) hamda Surxondaryo viloyati (1 ming 720 ta) joylashgan. Bu hududlarda ham tadbirkorlik faolligi yuqoriligicha qolmoqda.

Bundan tashqari, Andijon viloyatida ' 1 ming 512 ta, Namangan viloyatida ' 1 ming 387 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida ' 1 ming 370 ta, Jizzax viloyatida ' 1 ming 303 ta, Navoiy viloyatida ' 1 ming 160 ta hamda Sirdaryo viloyatida ' 684 ta yangi tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan.

Ushbu statistik koʻrsatkichlar soʻnggi yillarda mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish yoʻlida olib borilayotgan tizimli islohotlar oʻz samarasini bermoqda, deya baholanishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
53
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'13,09 soʻmga'tushib,'12 924,92 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'52,33 soʻmga'pastlab,'14 620,67 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,21'soʻmga'oshdi va'159,94'soʻmni'tashkil qildi.

18 Jun 21:55
 
76
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 ming 700 soʻmdan tushdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 18-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 46,99 soʻmga tushdi va 12 668,14 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 89,91 soʻmga pasaydi va 14 640,57 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,60 soʻmga tushib, 161,15 soʻmni tashkil etdi.

18 Jun 21:55
 
82
0
xs.uz

Oʻzbekistonda toʻrt oyda 29 mingdan ortiq yangi korxona tashkil etildi

2025-yilning yanvar'aprel oylarida Oʻzbekistonda jami 29 ming 134 ta yangi korxona va tashkilot (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,2 foizga koʻp boʻlib, mamlakatda tadbirkorlik va iqtisodiy faollik darajasining ortib borayotganini koʻrsatmoqda.Yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Mazkur davr mobaynida poytaxtda 6 ming 363 ta yangi korxona roʻyxatdan oʻtgan. Bu umumiy koʻrsatkichnin

31 May 08:50
 
33
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.