calendar 10 Jan 21:39
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH husiylar uchirgan 20 dan ortiq dron va raketani urib tushirdi

image

Yamandagi husiylar Qizil dengizdagi savdo kemalariga yangi hujum uyushtirdi. Bu haqda kecha, 9 yanvar kuni kechqurun AQSH Qurolli kuchlari mintaqaviy qo‘mondonligi xabar berdi.

Bildirilishicha, AQSH va Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuchlari Qizil dengiz janubiga xalqaro yuk tashish yo‘nalishlari va ulardagi o‘nlab savdo kemalari tomon otilgan 18 ta dron va 3 ta raketani urib tushirgan. Qurbonlar yoki yaralanganlar haqida ma’lumot berilmagan. 

Qayd etilishicha, husiylar hujum qilish uchun Eron tomonidan ishlab chiqarilgan OWA UAVS dronlari, kemalarga qarshi qanotli va ballistik raketalardan foydalangan. Ular Amerikaning USS Dwight D. Eisenhower, USS Gravely, USS Laboon, USS Mason aviatashuvchilari, shuningdek, Britaniyaning HMS Diamond samolyotlari tomonidan urib tushirilgan.

Ma’lumot uchun, bu o‘tgan yilning 19 noyabridan beri Qizil dengizdagi tijoriy yuk tashish yo‘nalishlariga husiylarning 26-hujumidir.

Isroilning G‘azoda HAMASga qarshi harbiy amaliyoti boshlanganidan so‘ng, Yaman husiylari Qizil dengizda savdo kemalariga hujum qila boshladi. Bir qancha yuk tashish kompaniyalari, xususan, Germaniyaning Hapag-Lloyd va Daniyaning Maersk, shuningdek, Mediterranean Shipping Company (MSC) va CMA CGM o‘z kemalarini Qizil dengiz va Arab dengizidagi Adan ko‘rfazini bog‘laydigan Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi orqali jo‘natishni vaqtincha to‘xtatishlarini e’lon qildi. 

18 dekabr kuni Qo‘shma Shtatlar eng muhim yuk tashish savdo yo‘llaridan biri xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Prosperity Guardian” xalqaro operatsiyasi boshlanganini tasdiqladi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, unda Bahrayn, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya, Seyshel orollari va Fransiya ishtirok etmoqda. O‘shandan beri yuk tashuvchi kompaniyalar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazi orqali harakat tiklangani haqida xabar bergan.

Tinchlik davrida butun dunyo dengiz transportining 10-12%, neft tashishning taxminan 5% va konteyner tashishning taxminan 30% qismi Qizil dengiz orqali o‘tardi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-