calendar 10 Jan 18:05
eye 102
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xitoy bilan ekologik toza binolar qurish va chiqindilarni qayta ishlash masalalari muhokama qilindi

image
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, energiya jihatidan tejamkor va ekologik toza binolar qurish hamda maishiy va qattiq chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha yirik loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, havo ifloslanishining oldini olish, xalqaro ekologik standartlarni belgilash, raqamlashtirish tizimini keng joriy etish, XXR tajribasini oʻrganish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mexanizmlarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, choʻl hududlarini obodonlashtirish, koʻchat ekish boʻyicha fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish, shahar tizimida innovatsion texnologiyalarni oʻrnatish va oqava suvlarni tozalash boʻyicha Xitoy tajribasini oʻrganish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv davomida hukumatimiz tomonidan turli soha va tarmoqlarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot берилди.Томонлар 'yashil' loyihalar milliy taksonomiyasini rivojlantirish istiqbollari, Yashil jamgʻarma tashkil etish, shuningdek, ekologik toza iqtisodiy oʻsishni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlar masalalarini koʻrib chiqishdi. Loyihalarni boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, jarayonlarni yanada yaxshilash uchun iqlim oʻzgarishini yumshatish va monitoring hamda baholash tizimlari sohasida institutsional salohiyat ortgani taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida yuqoridagi masalalar yuzasidan qoʻshimcha muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:05
 
26
0
xs.uz

O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi

Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko'rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O'zbekiston mahallalari bo'ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo'lis

21 Apr 08:34
 
294
0
xs.uz

Idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi

Prezident sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini'belgilab berdi.Alohida farmon bilan Texnik tartibga solish agentligi, Sanepidqoʻm, Veterinariya qoʻmitasi, Karantin agentligi kabi idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi.Bunda takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Masalan:Boshqa tizimlar ham xuddi shu tartibda qayta koʻrib chiqiladi.Shuningdek, xavf darajasi yuqori boʻlg

21 Apr 08:34
 
299
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak

Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.'Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi', dedi Prezident.Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga b

21 Apr 08:34
 
308
0
xs.uz

“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy ke