calendar 10 Jan 17:05
eye 112
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroil Moliya vaziri Falastinga bir chaqa ham berilmasligini aytdi

image
AQSH Isroil vazirlarini tanqid qildi north_east

AQSH Isroil vazirlarini tanqid qildi

Isroil Moliya vaziri, o‘ng qanot “Diniy sionizm” partiyasi rahbari Betsalel Smotrich Falastin ma’muriyati hisobiga bir chaqa ham o‘tkazilmasligi va G‘azo sektoridan "ixtiyoriy migratsiya"ni rag‘batlantirishini bildirdi. Uning izohlari kecha, 9 yanvar kuni yahudiy davlatiga tashrif buyurgan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenga qaratilgan.

"Amerika Davlat kotibi Blinken, Isroilga xush kelibsiz. AQSHning Isroilni qo‘llab-quvvatlayotganini juda qadrlaymiz, ammo biz doimo Isroil manfaatlariga muvofiq harakat qilamiz. Shuning uchun HAMASni yo‘q qilish uchun bor kuchimiz bilan kurashni davom ettiramiz va G‘azodagi natsistlarning oilalariga borib taqaladigan bir shekelni ham Falastin ma’muriyatiga o‘tkazmaymiz", deb yozgan Smotrich. 

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat Suriya va ukrainalik qochqinlarlarga qilganidek, Isroil ham ularning “ixtiyoriy ko‘chishi” uchun G‘azo darvozalarini ochadi.

Eslatib o‘tamiz, Blinken Tel-Avivda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Isroil hukumati Falastin byudjeti uchun mo‘ljallangan soliq tushumlarini ushlab qolishni to‘xtatishi kerakligini aytgandi. Davlat kotibi, shuningdek, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Isroilning G‘azodan falastinliklarni majburan olib chiqish niyati yo‘qligiga ishontirganini ta’kidlagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

20 Mar 12:55
 
72
0
xs.uz

“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni

20 Mar 12:50
 
66
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

20 Mar 12:50
 
53
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича