calendar 10 Jan 11:25
eye 100
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ekvadorda qurollangan odamlar jonli efir vaqtida telekanalni egallab oldi (video)

image

Ekvadorning “TC Televisión” telekanalining Guayakil shahridagi studiyasi jonli efir vaqtida qurollangan shaxslar tomonidan bosib olindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda niqob kiygan odamlar telekanal xodimlarining boshiga qurol tirab, ularni yotishga majbur qilishgan.

“Reuters” yozganidek, studiyada otishma va hayqiriqlar eshitilgan. Politsiya yo‘qligi aytilgach eshittirish to‘xtatilgan.

“El Universo” gazetasining aniqlik kiritishicha, mahalliy vaqt bilan soat 15:00da boshlanishi kerak bo‘lgan efir uzatilishidan sal avval, telekanal studiyasiga qurollangan odamlar kirib kelgan.

Guvohlarning aytishicha, qurollanganlar kamida 10 kishi bo‘lgan.

Ekvador politsiyasi telekanal studiyasini egallab olgan bir necha kishi allaqachon hibsga olingani haqida ma’lum qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya ham bir necha kishini evakuatsiya qilgan.

Ekvador Prezidenti Daniel Noboa telekanalning qo‘lga olinishiga javoban mamlakatda ichki qurolli mojaro rejimini e’lon qilgan.

“Reuters” agentligiga ko‘ra, telekanalga qilingan hujum kamida yetti nafar politsiyachining o‘g‘irlab ketilishi va turli shaharlarda qator portlashlar sodir bo‘lganidan keyin yuz bergan.

Shuningdek, bu voqea yirik jinoiy to‘dasi yetakchisi, Fito laqabli Adolfo Masiasning qamoqdan qochib ketishi va bir qancha axloq tuzatish muassasalarida asirlarni garovga olishi sababli mamlakatda 60 kunlik favqulodda holat e’lon qilganidan keyin sodir bo‘ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
25
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel

17 May 21:47
 
285
0
xs.uz

Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi

Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezident

31 May 08:50
 
4
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

31 May 08:50
 
4
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash