calendar 10 Jan 10:45
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Joshua-Ngannu jangidan kim qancha gonorar oladi?

image

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua va kamerunlik sobiq MMA ustasi Fransis Ngannu mart oyida Saudiya Arabistonida jang qiladi. Jangdan ikkala tomon qanchadan gonorar ishlab olishiga oydinlik kiritildi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Entoni Joshua bu jang uchun 50 million dollar topishi mumkin. WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Tayson Fyuri ham Ngannuga qarshi jangdan xuddi shuncha miqdorda gonorarga ega bo‘lgan edi. Ngannu esa jangdan taxminan 20 million dollar ishlab olishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, jang 8 mart kuni bo‘lib o‘tishi e’lon qilingan, biroq yaqin kunlarda sportchilar vakillari Londonda matbuot anjumani o‘tkazadi va anjumanda jangning aniq sanasi rasman e’lon qilinadi.

Oktyabr oyida Ngannu boshqa britaniyalik bokschi Tayson Fyuriga qarshi jang qilgandi. Kamerunlik sportchi 3-raundda Fyurini nokdaunga uchratganiga qaramay, ikki hakamning qarori bilan mag‘lub bo‘ldi. Joshua o‘zining so‘nggi jangini o‘tgan oyda shvetsiyalik Otto Valinga qarshi o‘tkazib, 5-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
32
0
xs.uz

Safina Sa’dullayeva Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Hamyurtimiz musobaqada 1.86 metr natija qayd etishga erishdi. Shuningdek, bugun ishtirokini yakunlagan yurtdoshlarimizdan O'g'iloy Norboyeva yetti kurash dasturida 5461 ochko jamg'arib to'rtinchi, uzunlikka sakrash sektorida esa Anvar Anvarov 7.98 metr bilan beshinchi natijani qayd etdi.

04 Jun 02:45
 
141
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik bokschilar Tailanddagi musobaqada nechta medal yutdi?

Joriy yilning 22-maydan 1-iyungacha Tailandning Bangkok shahri 'Thailand Open' xalqaro turniriga mezbonlik qildi. Ushbu nufuzli musobaqada ikki nafar Oʻzbekiston terma jamoasi ishtirok etdi va yurtimiz sportchilari ajoyib natijalar bilan turnirni yakunladilar. Final bahslaridan soʻng Oʻzbekiston vakillari 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.Musobaqaning oltin medallarini quyidagi sportchilarimiz yutib olishdi: -50

31 May 08:50
 
110
0
xs.uz

Toshkentda golf bo‘yicha xalqaro turnir boshlanmoqda

Mazkur musobaqa avvallari Qozog'iston va Turkiyada o'tkazilgan bo'lib, bu gal unga poytaxtimiz mezbonlik qiladi.Bu yilgi bahslarda O'zbekiston, Qozog'iston, Xitoy, Hindiston, Qirg'iziston va Rossiyadan 8 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi.

08 Jun 02:27
 
168
0
xs.uz

Men bu kunni goʻyoki yuz yillik urushlar tugashini kutgandek kutdim...

Garchi bu voqea frontdagi jang emas, balki yashil maydondagi kurash boʻlsa-da, yuragimda kechayotgan tuygʻular goʻyoki yillab toʻplangan orzular, ezilgan umidlar va nihoyat, bosh koʻtargan ishonch bilan yoʻgʻrilgan bir tarixiy lahza kabidir. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi agar bugun bor-yoʻgʻi bitta ochko olsa, ilk bor jahon chempionatining shonli sahnasiga qadam qoʻyadi.Ha, jahon chempionatiga chiqish Fransiya, Angliya yoki Braziliya uchun 'oddiy yangilik' boʻlishi mumkin. Ammo bi