calendar 10 Jan 09:00
eye 96
comments 0
comments Manba: postda.uz

Kasb fidoyisi: JINOYАT TEZDA OCНILDI

image

2023-yil 17-dekabr kechki 18:00 larda Xovos tumani IIB HPB “Gulbahor” mahallasi profilaktika inspektori, mayor Xurshid Xoliqovning telefoni jiringladi. Unga shu mahallada yashovchi A.T. ismli shaxs ko‘chadan og‘ir tan jarohati olib, hushini yo‘qotgan holda yotganligi haqida xabar berishdi. 

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan mayor jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta'minladi. So‘ng uni shifoxonaga joylashtirib, o‘zi voqea tafsilotlarini aniqlashga kirishdi. Surishtiruv natijasida jinoyatni jabrlanuvchining yaqin do‘sti N.N. sodir etgani ma'lum bo‘ldi. U do‘sti bilan tortishib qolib, unga tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan. Mayor Xurshid Xoliqov navbatchi guruh yetib kelgunga qadar jinoiy qilmishni sodir etgan shaxsni topib, qo‘lga oldi.

Mayor Xurshid Xoliqov faoliyat ko‘rsatadigan “Gulbahor” mahallasida 6464 aholi istiqomat qiladi. U mahalla ahlining ijtimoiy muammolarini hal qilishda ham faol. Ayni paytda IIV Akademiyasining sirtqi bo‘limi 2-kurs kursanti.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

o‘z muxbirimiz

Sirdaryo viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:28
 
6
0
xs.uz

Yangi oy avvalida dollar kursi qanday boʻlishi eʻlon qilindi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'40,84'soʻmga'oshdi va'12 694,97'soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'60,51 soʻmga'koʻtarilib,'14 878,50 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,42 soʻmga'oshib,'161,60 soʻmni'tashkil etdi.

13 May 14:38
 
64
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'29,80 soʻmga'tushib,'12 880,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'125,30 soʻmga'pastlab,'14 535,47 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'3,10 soʻmga'tushdi va'156,68 soʻmni'tashkil qildi.

31 May 08:50
 
39
0
xs.uz

Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril

31 May 08:51
 
113
0
xs.uz

Zamonaviy tibbiyot, koʻplab yangi ish oʻrinlari hamda barqaror daromad – Yangi Andijonning muhim manzillaridan fotoreportaj

Xabaringiz bor, 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida edi. Mazkur safarimizning soʻnggi kunida Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklinika hamda yaqindagina ish faoliyatini boshlagan 'WBM Fabrics' korxonasi faoliyati bilan tanishdik.Har ikkala maskan bugungi kunda oʻz yoʻnalishida katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etayotgani bilan ajralib turadi.Dastlabki manzilimiz Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklin