calendar 09 Jan 22:15
eye 94
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xitoy avtomobil eksporti boʻyicha jahonda yetakchiga aylandi

image
Xitoy avtomobillari eksporti 2023-yilda rekord darajadagi 5,26 million donaga yetdi. Bu haqda 'The Wall Street Journal' nashri Xitoy yengil avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi maʼlumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Nashr tomonidan qayt etilishicha, bu xorijga avtomobil yetkazib berish boʻyicha anʼanaviy yetakchi Yaponiyadan qariyb 1 millionga koʻp.

Oʻsishning asosiy omili Rossiyadagi talab boʻlgan. Bu yerda xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchilari eksportni 2022-yilga nisbatan kamida 5 baravar oshirib, 800 ming donaga yetkazdi. Xitoy kompaniyalari sanksiyalar va geosiyosiy keskinliklar sharoitida Gʻarb raqobatchilarining ketishi natijasida boʻshatilgan joyni toʻldirishdi.

'Oʻtgan yili Xitoyning 'Chery' avtomobilsozlik kompaniyasi eng yirik eksportchi boʻlib, xorijga 900 mingdan ortiq avtomobil joʻnatdi. Bu 'Tesla' yoki 'BYD'dan koʻproq', ' deydi Xitoy yengil avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi bosh kotibi Suy Dunshu.

'Chery'dan tashqari, 'Geely', 'Great Wall' va boshqa brendlar Rossiyada sotuvni kuchaytirdi. Biroq, Dongshuning taʼkidlashicha, bunday tez oʻsish davom etishi dargumon, chunki talab katta darajada qondirildi va omborlardagi zaxiralar esa oʻsib bormoqda.

Umuman olganda, Xitoyda yoʻlovchi va tijorat avtomobillari savdosi 2023-yilda 25,5 million donagacha oʻsdi va bu yangi rekorddir. Xaridorlar uchun subsidiyalar kamayganiga qaramay, bozor elektromobillar tufayli tanazzuldan qutuldi.

Anʼanaviy ichki yonuv dvigatellari bilan bir qatorda, elektromobillar eksporti ham oʻsib bormoqda. Masalan, Xitoyning 'BYD' kompaniyasi tashqi savdo hajmini qariyb 5 barobar oshirib, 242 mingtaga yetkazdi. U 2024-yilda Yevropadagi ishtirokini faol ravishda oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi gazeta.

Xitoy uzoq vaqtdan beri dunyodagi eng yirik bozor va ishlab chiqarish markazi boʻlib kelgan, ammo oʻsish xorijiy konsernlar tomonidan taʼminlanardi. Oxirgi uch yil ichida elektromobillar va gibridlar uchun davlat tomonidan koʻrsatilayotgan yordam tufayli mahalliy brendlar yetakchilikni qoʻlga kiritdi. Endi Xitoy bunga Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreyani ortda qoldirib, asosiy eksportchi unvonini qoʻshdi, deb yozmoqda 'The Wall Street Journal' .


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
3
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

31 May 08:50
 
4
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash

04 Apr 16:20
 
71
0
xs.uz

Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan butunlay chetlashtirildi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy oʻtib, lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Endi mamlakatda 60 kun ichida yangi prezident saylovlari oʻtkazilishi kerak, deb xabar bermoqda 'BBC' nashri.Maʼlum qilinishicha, Konstitutsiyaviy sud Yun Sok Yolning impichmenti haqidagi qarorni oʻz kuchida qoldirgan. Prezidentga qarshi impichmentni qoʻllab-quvvatlash uchun 8 nafar sudya ishtirok etgan. Ular Janubiy Koreya prezidentinin

12 Apr 21:15
 
69
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.