AQSH 2024-yil uchun neft narxlari boʻyicha prognozini keskin pasaytirdi

'Bank of America' tahlilchilari Shimoliy dengizning 'Brent' nefti narxi prognozini bir barrel uchun 90 dollardan 80 dollargacha pasaytirdi. Bu haqda 'BofA Global Research' kompaniyasining global tovarlar va derivativlar boʻlimi rahbari Fransisko Blansh maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, neft bahosi prognozini pasaytirishga unga talabning kamaygani va AQSHda ishlab chiqarish, shuningdek, Erondan yetkazib berishning sezilarli oshgani, shu bilan birga Venesuela bozorining tezda kuchaygani sabab boʻlgan.
Bu neft uchun eng ijobiy prognozlardan biri hisoblanadi. Vaholanki, 'Morgan Stanley' 'Brent' neftining barrelini 77, 'Citigroup' 75, 'Goldman Sachs' esa 81 dollarga baholamoqda.
Shu tariqa dushanba kuniga kelib 'Brent' neftining bir barrelini narxi 76 dollardan pastga tushdi.
Oldinroq, Saudiya Arabistonining 'Saudi Aramco' davlat kompaniyasi talabning kamayishi fonida sayyoramizning barcha mintaqalarida fevral oyida yetkazib beriladigan 'Arab Light' nefti narxini pasaytirgandi. Unga koʻra, Osiyo bozorlariga yetkazib berish narxi bir barrel uchun 1,5-2 dollar atrofida tushirildi. Shuningdek, fevral oyida Shimoliy-Gʻarbiy Yevropa, Oʻrta Yer dengizi va Shimoliy Amerika mamlakatlari uchun neft yetkazib berish narxi ham pasaytirilgan. Ushbu qaror ham ham neft narxini arzonlashishiga olib kelgan.
London ICE birjasida esa soʻnggi savdolarda 'Brent' neftining bir barreli 77,73 dollardan sotildi.
Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?
Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr
Isroilning “keng va qabih maqsadlari” bor — Turkiya prezidenti
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Tel-Avivning harakatlarini qoralab, Isroil ' Eron mojarosini diplomatik yoʻl bilan hal qilishga chaqirdi.'Juma kunidan beri shaxsan men ham, tashqi ishlar vazirimiz ham Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga barham berish boʻyicha diplomatik saʼy-harakatlarni faol davom ettirmoqdamiz', ' deydi Erdogʻan.Uning qoʻshimcha qilishicha, Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish bahonasida amalga oshirgan tajovuzi yanada kengroq va qabih maqsadlarn
Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda
AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su
Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl