calendar 09 Jan 15:20
eye 145
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun 16 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi

image

O‘zbekistonda 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlari uchun 16 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Prezidentning “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2024 yil 1 martdan boshlab 16 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinmoqda, jumladan:

  •  7 turdagi ruxsat beruvchi hujjat to‘liq bekor qilinadi. Masalan, bojxona tashuvchilari reyestriga kirishda yuklarni tashish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi;
  •  6 turdagi ruxsat beruvchi hujjat birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi. Xususan, eksport nazorati ob’ektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma hamda maxsus tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya birlashtirilmoqda;
  •  3 ta litsenziya va ruxsatnoma xabarnoma tartibiga o‘tkaziladi. Masalan, endilikda turagentlik faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, litsenziya yoki ruxsatnomani berishda talabgorlarni video aloqa yordamida masofadan turib baholashga ruxsat etilmoqda.

Chiqish turizmini amalga oshirishda 15 ming dollar miqdoridagi mablag‘ni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish bekor qilinadi.

Bundan tashqari, yuridik shaxslarga tegishli transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joylarini ixtiyoriy ravishda tanlash mumkin (bugunga qadar texnik ko‘rikdan o‘tkazish ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan joylarda o‘tkazilayotgan edi).

Ushbu farmon qabul qilinishi natijasida tadbirkorlarning qariyb 350 milliard so‘mlik xarajatlari tejaladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland