calendar 09 Jan 15:20
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mubashshir Ahmad Turkiyada qo‘lga olindi. U deportatsiya markazida qolmoqda

image

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik diniy olim va bloger – “Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad Turkiyada qo‘lga olingani va hibslangani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. “Azon Global” mazkur mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida, Mubashshir Ahmadning hozirgi holati haqida rasmiy ma’lumot e’lon qildi. 

Qayd etilishicha, Mubashshir Ahmad 2023 yilning 28 dekabr kuni tongda Turkiya Ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgan. 

“Dastlab qandaydir anglashilmovchilik bo‘lgani, shu bois ommani behuda tashvishga solish kerak emasligi kabi mulohazalar bilan bu haqda keng ommaga xabar berilmadi”, deyiladi xabarda. 

Bildirilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shu kungacha tarqalgan bu haqdagi xabarlarga portalning aloqasi yo‘q.

Portal  Mubashshir Ahmadga qo‘yilayotgan ayblovlar umuman asossiz ekanini urg‘ulagan holda ayni vaqtda olim hibsda emas, balki deportatsiya markazida saqlanayotganini bildirgan. 

“Turkiya qonunlari bo‘yicha gumonlanuvchini 3 kundan ortiq tutib turish mumkin emas, shu muddat ichida qo‘yilayotgan ayb isbotlansa, Adliya idoralariga o‘tkazilishi, isbotlanmasa, chiqarib yuborilishi lozim. Ba’zan chet ellik shaxslarni qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga o‘tkazishadi va u yerdan o‘z yurtiga jo‘natishadi yoki ozod qilishadi. Dastlabki surishtiruvlarda Mubashshir Ahmadga qo‘yilayotgan ayblov o‘z isbotini topmagan. Qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga o‘tkazilgan Mubashshir Ahmadni oradan shuncha kun o‘tib ham tutib turilgani esa tushunarsiz bo‘lib qolmoqda”, deyiladi rasmiy bayonotda. 

Ayni vaqtda advokatlar harakatlarni boshlagan va barcha kerakli choralar ko‘rilmoqda. 

Hozirgacha O‘zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi bosh konsulligi Mubashshir Ahmadning nima sababdan ushlangani va ahvoli haqida hech qanday ma’lumot bergani yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgust oyida ta’sischisi Mubashshir Ahmad bo‘lgan "Azon.uz" sayti  o‘z faoliyatini to‘xtatgandi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning dekabr oyida o‘zbekistonlik bloger Abdukarim Mirzayev ham Turkiyada hibsga olindi va u yerdan deportatsiya markaziga yuborildi. Unga qo‘yilgan ayblovlar o‘z isbotini topmagach, 2021 yilning 12 yanvar kuni qo‘yib yuborildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
19
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

10 Oct 10:16
 
22
0
xs.uz

Qoʻlda terilgan paxta narxi 2500 soʻm etib belgilandi

Qayd etilishicha, bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan (qoʻl terimi uchun) 1500 soʻmdan kredit mablagʻlari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa har bir kilogramm uchun berib kelingan. Bu oʻz navbatida bir muncha qiyinchilik tugʻdirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqarayotgan edi.'Mazkur holatlarni har tomonlama hisoblab va undan keyin terimchilarni moddiy ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish maqsadida bugundan boshlab

10 Oct 18:40
 
35
0
xs.uz

Toshkentda qoʻlbola aroq ishlab chiqarayotgan yashirin sexlar fosh etildi

Qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqargan yashirin sexdan 850 litr etil spirti ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqarolar M.A., M.M. va boshqalar Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani Qovunchi MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil etgan.Maʼlum boʻlishicha

08 Sep 16:44
 
28
0
xs.uz

Saylov jarayonlarini raqamlashtirish: xorij va Oʻzbekiston tajribasi

Sir emas, bugun demokratik jarayonlarni raqamlashtirish davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini oshirish yoʻlida muhim qadam hisoblanadi. Buni bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining saylov jarayoniga taʼsiri sezilarli darajada ortib borayotgani misolida ham buni kuzatish mumkin. Zero, soʻnggi davrda yurtimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yangi imkoniyatlaridan keng foydalanish boʻyicha ilgʻor tajr