calendar 09 Jan 15:05
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Misr Prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashdi

image

Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Qohirada falastinlik mavqedoshi Mahmud Abbos bilan muzokaralar chog‘ida falastinliklarning majburiy ko‘chirilishiga qarshiligini aytib o‘tdi. Bu haqda Misr rahbarining rasmiy vakili Ahmad Fahmi ma’lum qildi.

“Muzokaralar davomida prezidentlar falastinliklarni o‘z hududidan chiqarib yuborishning har qanday shaklini qat’iyan rad etishlarini tasdiqladilar”, deb yozdi u Facebook'dagi sahifasida.

Misr Prezidentining ta’kidlashicha, uning mamlakati hozirda G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va u yerga yetarli miqdorda insonparvarlik yordamini zudlik bilan yetkazish uchun muhim sa’y-harakatlarni amalga oshirib, tomonlar bilan barcha zarur aloqalarni davom ettirmoqda.

Shuningdek, u Abbos boshchiligidagi Falastin milliy ma’muriyati hozirgi voqealarda asosiy rol o‘ynashi va bu siyosiy kuch ayni paytda barcha imkoniyatlarini ishga solishi zarurligiga to‘xtalgan.

Misr Prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikning yagona kafolati 1967 yildagi chegaralar doirasida poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini barpo etishdir.

O‘z navbatida, Falastin Prezidenti Misr rahbariga Falastin masalasini qo‘llab-quvvatlagani hamda G‘azo va G‘arbiy Sohildagi qon to‘kilishlariga qarshi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 12 oktyabr kuni Misr G‘azo qochqinlari uchun chegarasini ochmagan va o‘sha yilning dekabr oyi oxirlarida Misr hukumati Isroil va HAMASga G‘azo sektori ustidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha uch bosqichdan iborat rejani taklif qilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 16:06
 
57
0
xs.uz

AQSHning 12 shtatida yangi kasallikning tarqalishi kuzatildi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining 12 shtatida listerioz kasalligining tarqalishi kuzatilmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu xastalik bilan 28 kishi kasalxonaga yotqizilgan, yana toʻrt kishi vafot etgan. U bilan bogʻliq oʻlim holatlari Illinoys va Nyu-Jersi shtatlarida, eng koʻp kasallanganlar Merilend va Nyu-Yorkda qayd etilgan.Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlarining xabar berishicha, kasallangan 10 kishidan toʻqqiz nafari doʻkonlarda sotib olingan goʻsht i

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish n

26 Jul 12:42
 
96
0
qalampir.uz

Tojikistonda go‘sht narxi qimmatladi

Tojikiston aholisining mol va qo‘y go‘shtiga ehtiyoji go‘sht narxining yuqorilashiga sabab bo‘ldi. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Nigora Anvariy ma’lum qildi. Qayd etilishicha, vazir o‘rinbosari shu xususida matbuot anjumani o‘tkazib, go‘sht narxi mamlakatda qimmatlagani sababini tushuntirgan. “Hozir biz aholini 99,9 foiz go‘sht bilan ta’minlayapmiz, lekin uning narxi tushmayotganining sababi bozor talabining oshishi va xorijdan ozu