calendar 09 Jan 14:10
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Qora shahzoda” Blinkenni ham o‘tovda qabul qildi

image

Kecha, 8 yanvar kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saud AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenni Al-Ula shahridagi qishki dam olish maskanida qabul qildi. Bu haqda Blinken o‘zining X'dagi sahifasida ma’lum qildi. 

“U bilan G‘azodagi gumanitar ehtiyojlarni zudlik bilan hal qilish va mojaroning yanada tarqalishining oldini olish muhimligini muhokama qildik”, deb yozadi Blinken.

Davlat departamenti tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, AQSH Davlat kotibi va Saudiya valiahd shahzodasi mintaqaviy taranglikni pasaytirish, jumladan, Qizil dengizdagi tijoriy yuk tashishga husiylar hujumlarining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni muhokama qilgan. 

Blinkenni Al-Ulaда Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud va AQSHning Qirollikdagi elchisi Maykl Ratni кuтиб олди

“Davlat kotibi Blinken yanada xavfsiz, farovon va integratsiyalashgan mintaqani, jumladan, mustaqil Falastin davlatini barpo etish orqali yaratish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, AQSH va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi strategik hamkorlikning ahamiyati muhokama qilindi”, deyiladi bayonotda.

Saudiya Arabistonining rasmiy SPA axborot agentligining yozishicha, Muhammad bin Salmon va Entoni Blinken suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va ikki davlat manfaati yo‘lida hamkorlikni rivojlantirish masalasini ko‘rib chiqqan. 

“Valiahd shahzoda harbiy amaliyotlarni to‘xtatish, insonparvarlik harakatlarini faollashtirish, barqarorlikni tiklash va Falastin xalqining qonuniy huquqlariga ega bo‘lishini hamda adolatli va mustahkam tinchlikka erishish uchun shart-sharoitlar yaratishga intilish muhimligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda Saudiya Arabistonining AQSHdagi elchisi malika Rima bint Bandar Ol Saud, Ar-Riyod viloyati gubernatori o‘rinbosari shahzoda Muhammad bin Abdulrahmon Ol Saud, Milliy gvardiya vaziri shahzoda Abdulloh bin Bandar Ol Saud, Tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud, Madaniyat vaziri shahzoda Badr bin Abdulloh Ol Saud, Davlat vaziri va milliy xavfsizlik maslahatchisi doktor Musaid bin Muhammad Al-Aybon, shuningdek, AQSHning Qirollikdagi elchisi Maykl Ratni va uning hamrohligidagi delegatsiya ishtirok etgan. 

Blinken Saudiyaga safari davomida matbuot uchun chiqish ham qilgan va bor yo‘g‘i ikkita savolga javob bergan. 

U Isroil va Livan hukumatlari, shuningdek, “Hizbulloh” ham mojaroning kuchayishidan qochayotganini, Vashington esa buni diplomatiya orqali hal qilishga urinayotganini bildirgan. 

“Ma’lumki, keskinlashuv, haqiqiy mojaro hech kimning: Isroil, Livan va “Hizbulloh”ning manfaatiga mos emas. Va Isroil tomoni bizga diplomatik yo‘l bilan bundan keyin ham taraqqiyotni xohlashini aytdi. Bu isroilliklarga xavfsiz uyga qaytish imkonini beradi. Deyarli 100 ming isroillik Livandagi “Hizbulloh” tahdidi tufayli Shimoliy Isroildagi uylarini tark etishga majbur bo‘ldi”, deydi Blinken.

Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, hozir gap “livanliklarning ham mamlakat janubiy qismidagi uylariga qaytishiga” imkon beradigan kelishuvlarga erishish imkoniyati haqida ketmoqda. 

Blinken Saudiya Arabistoniga borishdan oldin Abu Dabiga ham qo‘nib o‘tgan. AQSH Davlat kotibi u yerda Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashib, mintaqadagi mojaroning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va G‘azodagi gumanitar ehtiyojlarni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qilgan. 

“Mustaqil Falastin davlatini barpo etish yo‘lida harakat qilyapmiz”, deb yozgan Blinken X ijtimoiy tarmog‘ida.

Biroq uning BAAga safari maxfiy ravishda o‘tkazilgan.

Shunday qilib, Blinken G‘azoda urush boshlangandan beri mintaqaga qilgan to‘rtinchi safari davomida Turkiya, Gretsiya, Iordaniya, Qatar, BAA va Saudiya Arabistonida bo‘ldi. U bugun, 9 yanvar kuni Isroilga borib, u yerdagi rasmiylar bilan uchrashadi. Bundan tashqari, Blinken G‘arbiy Sohilga ham borishi rejalashtirilgan. Uning Yaqin Sharqqa safari esa Misr bilan yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saud Al-Ula shahridagi qishki qarorgohida Lindsi Grem va boshqa amerikalik senatorlarni qabul qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
33
0
xs.uz

Xitoy Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Bu nimadan dalolat?

Xitoy davlat banklari Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Xabarlarga koʻra, bunda Moskvaga qarshi sanksiyalar ikki davlat oʻrtasidagi savdoni murakkablashtirgani sabab boʻlgan. 'Newsweek' vaziyat jiddiylashayotgani haqida yozgan.Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning ikkinchi choragida Xitoy davlat banki Rossiyadagi aktivlarini 37 foizga, Xitoy sanoat va tijorat banki esa 27 foizga qisqartirdi. Ushbu harakatlar xalqaro sanksiyalar tufayli toʻlovlar bilan bogʻliq ortib borayotgan qiyinchilikl

10 Oct 16:16
 
21
0
xs.uz

Rossiya — Ukraina urushining 958-kuni. Frontda vaziyat qanday?

Rossiya Ukraina janubidagi Odessa viloyatidagi port infratuzilmasiga zarba berishi oqibatida kamida 6 kishi halok boʻldi. Bosh vazir oʻrinbosari Oleksiy Kuleba Panama bayrogʻi ostidagi konteyner kemasi soʻnggi toʻrt kun ichida mintaqadagi uchinchi hujumi tufayli zarar koʻrganini maʼlum qildi.Ukraina harbiylari Rossiyaning janubiy Krasnodar oʻlkasida 'Shahed' dronlari saqlanadigan bazaga zarba berganini aytmoqda. Bosh shtab bayonotiga koʻra, hujum dengiz kuchlari va SBU razvedka xizmati

08 Sep 16:45
 
29
0
xs.uz

AQSH Bayden davrida yomonlashgan migratsiya inqirozi bilan zaharlandi — Tramp

Amerika Qoʻshma Shtatlari hozirgi Amerika maʼmuriyati davrida yomonlashgan migratsiya inqirozidan aziyat chekmoqda. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xarrisburgda (Pensilvaniya) saylovchilar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.'Bizning asosiy muammomiz bu AQSH hukumati mamlakatga ruxsat bergan 21 million odam. Ular mamlakatimizni zaharlashdi. Ular bu yerga qamoqxonalardan, psixiatrik shifoxonalardan kelishadi. Ular orasida terrorchilar ham bor', deya keskin bayonot berdi siyosatchi.Tr

09 Oct 12:40
 
18
0
xs.uz

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani a