calendar 09 Jan 11:00
eye 225
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sobiq vazir xotinini o‘ldirishi bo‘yicha tergov yakunlandi

image

Qozog‘iston sobiq Milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasi Saltanat Nukenovani o‘ldirishi bo‘yicha tergov yakunlandi. Bu haqda Saltanat Nukenova oilasining advokati Janna O‘razbaxova ma’lum qildi. 

“Ayni damda biz ushbu ish bo‘yicha o‘tkazilgan barcha tekshiruvlar bilan tanishib chiqdik. Ammo jinoyat ishi materiallarini hali to‘liq ko‘rganimiz yo‘q. Men bunday ishlarda juda katta tajribaga egaman. Men ilgari qotillik ishlarida qatnashganman, lekin hatto ekspertlarning xulosalaridan hayratda qoldim. Men hech qachon bunday shafqatsizlik va sovuqqonlikni ko‘rmaganman. Ayni damda Saltanatning yaqinlariga hurmat yuzasidan qotillik tafsilotlarini oshkor eta olmaymiz”, deydi Janna Urazbaxova.

Uning eslatishicha, bu ish bo‘yicha Kuandik Bishimbayevning ukasi ham hibsga olingan. Avvalroq Ostona bosh prokurori qotillik sodir bo‘lgan joy “Gastromarkaz”ning hibsga olingan direktori gumonlanuvchining qarindoshi ekanini ma’lum qilgandi.

“Amaliyotga asoslanib, gumonlanuvchining ukasi Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 434-moddasi (Jinoyat haqida xabar bermaslik) bo‘yicha ayblanishi kerak”, deb hisoblaydi advokat.

Tomonlar ish materiallari bilan tanishib, iltimosnomalar kiritgach, ish yakuniy qaror uchun prokuraturaga yuboriladi.

Saltanat Nukenova Bishimbayevning ikkinchi xotini bo‘lib, 31 yoshda edi. Mutaxassislar marhuma Nukenovaning tanasida pichoq jarohatlari izini topmagan. Taxminlarga ko‘ra, u boshiga to‘mtoq jism bilan berilgan kuchli zarbadan halok bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 43 yoshli Kuandik Bishimbayev turli vaqtlarda Prezident yordamchisi, Sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari, Savdo va iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari, “Samruk-Kazina” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, “Bayterek” xoldingi boshqaruvi raisi bo‘lgan.

2016 yilning mayidan dekabrigacha Qozog‘iston Milliy iqtisodiyot vaziri bo‘lgan. 2017 yilning yanvarida u o‘g‘irlikda ayblanib hibsga olingan, 2018 yil mart oyida esa 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Keyinchalik uning jazo muddati ikki baravarga qisqartirilgan va 2019 yilning oktyabrida Bishimbayev ozodlikka chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida bir qator qozoq mahalliy OAVlarida Ostona shahridagi restoranlardan birida ayol kaltaklanib, tez yordam kelguniga qadar vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinchalik ayol sobiq vazir Kuandik Bishimbayevning ikkinchi xotini bo‘lgani va uni Bishimbayev o‘ldirgani aytildi. Shundan so‘ng unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bishimbayev umrbod qamoq jazosini olishi mumkin. Bu ishni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev shaxsiy nazoratiga olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
27
0
xs.uz

Mudofaa va ichki ishlar vazirlari qatnashgan choʻmilish tadbirida 7 kishi vafot etdi – Hindiston

Hindistonda millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishi oqibatida kamida 7 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda oʻtkazilayotgan 'Kumbh Mela' festivalida fojia yuz berdi, deb xabar bermoqda 'NBS News' nashri.Xabarda aytilishicha, 29-yanvar kuni festival ishtirokchilari choʻmilish tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlishgan. Millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishga urinishi oqibatida ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Natijada 7 kishi vafot etib, oʻnga yaqin inson jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan

27 Jan 00:54
 
33
0
xs.uz

Pentagon noqonuniy migratsiyaga qarshi Meksika chegarasiga qoʻshin yuboradi

Donald Tramp AQSH-Meksika chegarasida favqulodda holat eʼlon qildi va Pentagonga u yerga qoʻshinlar, uchuvchisiz samolyotlar va boshqa jihozlarni yuborish, shuningdek, chegara devori qurilishini qaytadan boshlashni buyurdi. Bu haqda 'The Washington Post' gazetasi AQSH bojxona va chegarani himoya qilish xizmati hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.AQSH Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Robert Salessesning aytishicha, birinchi toʻlqin bilan chegaraga kamida 1500 nafar quruqlik qoʻshinini jo

31 Jan 15:22
 
36
0
xs.uz

Buyuk Britaniya 4 kunlik ish haftasiga oʻtishi mumkin

200 ta Buyuk Britaniya kompaniyasi oʻz xodimlarining amaldagi ish haqini saqlab qolgan holda 4 kunlik ish haftasiga oʻtishini maʼlum qildi. Bu haqda 'The Guardian' nashri xabar qildi.'4 Day Week Foundation'ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 5000 dan ortiq kishi faoliyat olib boradigan ushbu kompaniyalarning aksariyat qismini xayriya tashkilotlari, marketing va texnologiya firmalari tashkil etadi. Ular 5 kunlik modelni eski iqtisodiy davrdan qolgan va endi undan foydalanish kerak emas,'deb

31 Jan 15:22
 
31
0
xs.uz

“DeepSeek” ilovasi muvaffaqiyati fonida “Nvidia” 589 mlrd dollar yoʻqotdi

Amerikaning 'Nvidia' kompaniyasi qiymati Xitoyning 'DeepSeek' sunʼiy intellekti muvaffaqiyati fonida 589 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Forbes xabar bergan.Grafik chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning narxi 3,5 trilliondan 2,9 trillion AQSH dollariga tushdi, bu esa 'Nvidia'ni eng qimmat kompaniya maqomidan mahrum qilgan.Kompaniya 'DeepSeek' mahsulotini sunʼiy intellekt sohasidagi ajoyib yutuq deb atagan. Lekin uning ishlashi uchun ham 'Nvidia' chiqaradigan grafik protsessorlar kerak.Xi