Daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda


“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning ayrim moddalariga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilmoqda.
Maqsad daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar boʻyicha javobgarlikni kuchaytirishdir. Xususan, MJtKning 79-moddasiga kiritilayotgan oʻzgarishlarga koʻra, daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish fuqarolarga BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha (ayni damda 5 baravaridan 10 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha (ayni damda 10 baravaridan 15 baravarigacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyo yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosi musodara qilinib, fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha (ayni damda 10 baravaridan 20 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa BHMning 75 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish (ayni damda BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima) jazosi qoʻllaniladi.
Qolaversa, 79-moddaga 4-qism ham qoʻshilmoqda. Unga koʻra, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yoʻq qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan mansabdorlar BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543–I-sonli Qonuniga 49-moddasiga ikkita qism qoʻshilmoqda.
49(1)-moddaga koʻra, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini gʻayriqonuniy ravishda kesgan yoki yoʻq qilgan huquqbuzarlar har bir daraxt va buta oʻrniga oʻsha joyda qimmatbaholigi jihatidan kam boʻlmagan 100 tup daraxt va buta koʻchatini ekishi belgilanmoqda. Bu Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlarining qaroriga koʻra amalga oshiriladi va huquqbuzar daraxtlarni oʻz hisobidan ekib, 3 yil davomida parvarish qiladi. Agar ushbu joyda daraxt va buta koʻchatlarini ekish uchun yer maydoni yetarli boʻlmasa, daraxt va buta koʻchatlarining qolgan qismi tegishli maʼmuriy-hududiy birlikdagi boshqa joyga ekiladi.
Gʻayriqonuniy kesilgan yoki yoʻq qilingan daraxtlar va butalarning qiymati, ularning oʻrniga ekiladigan koʻchatlarning turlari, shuningdek, ekish muddatlari va joyini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
49(2)-moddasiga koʻra esa davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini gʻayriqonuniy kesgan, yoʻq qilgan yuridik shaxslar BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.
Daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun qabul qilinib, Senatga yuborildi.
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak
Andijonda transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi
Andijon viloyatida yuqori kuchlanishdagi transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda aniqlanishicha, fuqaro N.A. fuqaro X.O.ga goʻyoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlashini aytib, Oltinkoʻl tumani, 'Ayshaxonim' MFY hududidagi 9 ta xonadonning elekt
Turkiyalik fuqaro murojaati sababli “Uzbekistan Airways”ga chora koʻrildi
Unga koʻra, Turkiya fuqarosi Qoʻmitaga murojaat qilib, aviakompaniyaning Anqara-Toshkent reysida yoʻlovchining sogʻligi uchun muhim boʻlgan maxsus (glyutinsiz) ovqat yetkazib bermaganligini bildirgan. Yoʻlovchi chipta sotib olish chogʻida oʻz sogʻligʻi bilan bogʻliq vaziyatni oldindan aviakompaniya bilan kelishib olgan va aviakompaniya ushbu maxsus ovqat reysda taʼminlanishini kafolatlagan boʻlgan. Biroq, parvoz kuni bu talab bajarilmagan.Bundan tashqari, murojaatda samolyot salonin
Davlat rahbari investorlarni jalb qilish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida oʻtgan yili ayrim mamlakatlardan investitsiyalar kamaygani, bu yilda qator yetakchi davlatlar investorlari bilan loyiha qilinmagani'koʻrsatib oʻtildi.Xitoy, Rossiya va Malayziya bilan hokimlar va investorlarni bir-biriga bogʻlash tajribasi qolgan mamlakatlardagi elchixonalarimizda ham yoʻlga qoʻyilishi zarurligi qayd etildi.Oʻtgan oyda Londonda 'Oʻzbekiston investorlari kuni' tashkil etilgani natijasida 2,77