calendar 28 Nov 15:23
eye 184
comments 0
comments Manba: xs

Bankka bormay, xizmatlaridan foydalaning

image

Har bir mamlakatning taraqqiyot surʼatini jadallashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar muhim omilga aylanmoqda. Raqamlashtirish hayotimizning barcha sohasi, jumladan, moliya sektoriga ham jadal kirib bormoqda. Bunda, ayniqsa, mobil telefonlarning har yangi avlodi bilan yanada kengayib borayotgan texnik imkoniyatlar va innovatsion yechimlar muhim rol oʻynayotir.

Odatda, bunday innovatsion yechimlarni birinchilardan boʻlib moliya sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar, pul oʻtkazmalari operatorlari va banklar oʻz ish faoliyatiga tatbiq qiladi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ham bank sohasidagi raqamli transformatsiyaning bir qismi sifatida mobil ilovalarni mijozlar uchun universal moliyaviy yechimlar toʻplami sifatida rivojlantirish va masofadan turib taqdim etiladigan xizmatlarni yoʻlga qoʻyish jadal kengaydi. “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki ham ana shunday oʻzgarishlarni oʻz biznes modeliga tatbiq qilib, mijozlarga qulaylik yaratayotir. Ushbu moliya muassasasining “HamkorLab” — raqamli ofisi tomonidan ishlab chiqilgan “Hamkor” ilovasi ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Ilovani yaratishdan maqsad mijozlarning kundalik bank xizmatidan bankka bormasdan foydalanishini yoʻlga qoʻyishdan iborat. Yangi ilova dizayn va ishlatish qulayligi, xavfsizligi jihatdan barcha talabga javob beradi.

Ilovaning bosh ekranida kundalik hayotda eng koʻp ishlatiladigan bank xizmatlari joylashtirilgan. Bu xizmatlar sirasiga onlayn mikroqarzni rasmiylashtirish, joriy valyutalar kursi va uni ayirboshlash, kommunal va boshqa xizmatlar uchun pul toʻlash, ochilgan bank kartalarini boshqarish, filiallar va bankomatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiradi. Bularning barchasi ilovadan foydalanishni nafaqat qulay holga keltiradi, balki qimmatli maʼlumotlar ham beradi.

Mobil ilovadagi valyuta ayirboshlash kursi filiallardagi kursdan koʻra foydaliroq. Shu sababdan “Hamkorbank” mijozlari “Hamkor” ilovasi yordamida konvertatsiya qilishda nafaqat pul, balki vaqtini ham tejashga erishishlari mumkin.

Shuningdek, “Hamkor” mobil ilovasida jismoniy shaxslar kartalariga oyiga 5 000 000 soʻmgacha foizsiz pul oʻtkazmalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud. Yaʼni bu shuni anglatadiki, foydalanuvchilar doʻstlari va yaqinlariga ortiqcha foiz va xarajatlarsiz pul oʻtkazmalarini amalga oshirishlari mumkin.

“Hamkor” mobil ilovasi har bir tranzaksiyadan keyin avtomatik ravishda toʻlov cheklarini shakllantirish imkonini beradi. Yaʼni pul oʻtkazmalarini amalga oshirishda yoki ilova orqali xizmatlarni toʻlashda foydalanuvchilar komissiya miqdori boʻyicha fiskal chekni shakllantirib, shaxsiy hisobotlari uchun saqlashlari mumkin. Ushbu chekda pul oʻtkazmasi yoki toʻlov miqdori, tranzaksiya sanasi haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlib, foydalanuvchilarga oʻz xarajatlarini kuzatib borish imkonini beradi. Barcha hisobot har doim “Hamkor” ilovasida barqaror holda saqlanib qoladi.

Yuqorida qayd etilgan qulayliklardan tashqari ilovada quyidagi qoʻshimcha xizmat turlari mavjud:

Shaxsiy kredit kabineti. Bu kabinet orqali siz kredit ID raqamingizni bilish va kredit shartnomangiz nusxasini yuklab olishingiz mumkin.

Joriy valyutalar kursi. Dollar va boshqa valyutalar joriy kursini kuzatib borish hamda ilovaning oʻzida uning konvertatsiyasini amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Bank kartasining PIN-kodini oʻzgartirish. Asosiy ekranda PIN-kodi oʻrnatilmagan kartalar ham koʻrsatiladi. Siz bu funksional orqali “Kartalar” boʻlimida aks etgan kartangiz PIN-kodini oʻrnatishingiz yoki almashtirishingiz mumkin.

Qolaversa, banklarda koʻp hollarda eng koʻp navbatga turiladigan va filiallarda rasmiylashtirishi uchun vaqt talab qiladigan xalqaro pul oʻtkazmasini qabul qilib olish qulayligi yaratilgan. Endilikda ilova foydalanuvchilari “Zolotaya Korona” xalqaro pul oʻtkazmalari tizimi orqali dunyoning turli mamlakatlaridan pulni oʻziga qulay joy va vaqtda qabul qilib olishlari mumkin.

Bank mijozlarning talab va ehtiyojlarini yanada yaxshiroq qondirish uchun “Hamkor” ilovasini rivojlantirish va takomillashtirish borasida jadal ishlar olib borilmoqda. Kelgusida, ilovaga yangi imkoniyatlar qoʻshish va xizmatlar turini oshirish orqali dasturning funksional imkoniyatlari kengaytiriladi. Jumladan, xalqaro toʻlov tizimlari bilan integratsiyalashuvini yoʻlga qoʻyish borasida ishlar olib borilmoqda. Masalan, “VISA”, “Union Pay” yoki “SWIFT” tizimi orqali xalqaro pul oʻtkazmalarini toʻgʻridan-toʻgʻri “Hamkor” ilovasida qabul qilishni tatbiq etish rejalashtirilgan. Ilovaning kelgusidagi holati va bank rejalari haqida shuni aytish kerakki, mazkur moliya tashkiloti mijozlarga kutilganidan koʻproq imkoniyatlarni taklif qilishga tayyor.

Qisqacha aytganda, mazkur bank uchun moliya sektorini raqamlashtirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad — bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishda ishonchlilik, qulaylik yaratish va innovatsiyalarga keng yoʻl ochishdir. Moliyaviy barqarorlikka erishishda “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining raqamli moliyaviy yechimlari sizga ishonchli hamkor boʻla oladi.
Bank axborot xizmati.
Reklama huquqi aosida


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
197
0
xs.uz

AQSHda Trampning Isroil — Eron mojarosiga aralashishini taqiqlovchi rezolyutsiya tayyorlandi

AQSH Kongressiga Donald Trampni Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga aralashishdan ogohlantiruvchi ikki partiyaviy rezolyutsiya taqdim etilgan. Bu haqda 'Sky News' telekanali xabar berdi.Hujjat respublikachi Tomas Massi va demokrat Aleksandriya Okasio-Kortez tomonidan ishlab chiqilgan. Ikkinchisiga koʻra, Konstitutsiya Amerika Qoʻshma Shtatlari ijroiya hokimiyatiga bir tomonlama 'urush harakatlari'ni amalga oshirishga ruxsat bermaydi.'Kongress Eronga urush eʼlon qilishning eksklyuziv huquqiga

17 May 21:47
 
62
0
xs.uz

NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi

NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf

01 Jul 04:28
 
8
0
xs.uz

Serbiyada tartibsizliklar: namoyishchilar nimadan norozi?

Serbiyada hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari nazoratdan chiqib ketmoqda.Oʻtgan dam olish kunlari Belgradda fuqarolar urushi kayfiyatini beruvchi muhit hukm surdi. Shanba kuni kechqurun prezident Aleksandr Vuchich hukumatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketdi. Toʻqnashuvlar davomida koʻplab politsiyachilar yaralangan. Jabrlangan namoyishchilarning aniq soni haqida xabar berilmagan, bir necha oʻnlab namoyishchilar hibsga olingan.Avvaliga 140 ming

17 May 21:47
 
500
0
xs.uz

NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi

NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf