calendar 28 Nov 11:27
eye 116
comments 0
comments Manba: xs

Xalq qabulxonalari fuqarolarning eng ishonchli manziliga aylandi

image

Foto: Xalq soʻzi

Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan xalq bilan muloqot tizimiga yangicha asos solinishi hamyurtlarimizning uzoq yillardan buyon hal boʻlmay kelayotgan muammolarining ijobiy yechimini taʼminlash va xalq turmush sharoitining tubdan yaxshilanishiga sabab boʻldi. Ayniqsa,   Prezident virtual hamda Xalq qabulxonalari fuqarolarning eng ishonchli manziliga aylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga Izboskan tuman Xalq qabulxonasi orqali tumanda istiqomat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan joriy yilning 11 oyi mobaynida 1116 ta masalalardagi murojaatlar kelib tushganligi ham bunga misoldir. Soʻrovlarning 90 foizi ijobiy hal etilib, qolgan qismi yuzasidan huquqiy munosabat bildirilganligi esa murojaatlarga boʻlgan eʼtiborning yorqin ifodasidir.

Tan olish kerak, avvallari, hamyurtlarimiz shaxsiy murojaatlari bilan yuzlanib, oʻzlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini yechishda amaliy yordam soʻrardilar. Hududlarda infratuzilma va aholi turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar natijasida bugun ularning soʻrovlari koʻlami ham kengayib, endilikda koʻproq jamoatchilik fikrini aks ettirmoqda. Yaʼni endi ular oʻzlarining emas, oʻzgalarning tashvishlarini aritish istagidalar. Misol uchun, “Oʻrta qishloq” MFYda istiqomat qiluvchi Husanboy ota Orifjonovni olaylik.

— “Anorzor” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi “Tentaksoy” daryosi ustidagi koʻprik 1968-yilda katta sel kelishi tufayli yuvilib ketgandi, — deydi otaxon murojaat chogʻida. — Natijada undan foydalanish ayanchli ahvolga kelib qoldi. Ikki qishloqni bir-biriga bogʻlab turuvchi bu koʻprikdan shu tariqa uzoq yillar davomida foydalanilmadi. Bu borada yordam soʻrab bormagan idoramiz qolmagan. Afsuski, natija boʻlmadi. Vaholanki, u har ikki qishloqda yashovchi 500 mingdan ziyod aholiga qulaylik yaratib turgandi.

Nihoyat, soʻnggi yillardagi islohotlar samarasi tufayli amaliy ishlarga kirishildi. Qisqa muddat ichida uzunligi 73 metr va eni 10 metr boʻlgan yangi koʻprik barpo etildi. Buning uchun 6 mlrd. 734 mln. soʻmlik loyiha ishlari bajarildi. Endi u bir qancha kilometrlab masofalarni yaqinlashtiribgina qolmay, nafaqat, aholi uchun, balki transport vositalariga ham xizmat qila boshladi.

Davlatimiz rahbarining fuqarolar davlat idoralariga emas, davlat idoralari fuqarolarga xizmat qilishi kerak, tamoyili asosidagi topshiriqlaridan tegishli xulosa chiqargan qabulxonamiz vakillari endilikda hududlarda boʻlib, sayyor qabullarni tashkil etishni kundalik vazifasiga aylantirdi. Bu esa hamyurtlarimiz uchun koʻplab imkoniyatlarni yaratdi. Zero, idoralarga borib, muammosini aytishga hamma ham botinolmaydi. Shu bois biz tashkil etgan sayyor qabullar yuzlab mahalladoshlarning soʻrovlariga ijobiy yechim topdi. Bugina emas, qabulxona tomonidan har bir xonadonda boʻlib, aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlar oʻtkaza oʻtkazayotganimiz nihoyatda katta samara bermoqda. Natijada hatto tilga olinmagan murojaatlar yuzasidan ham ijobiy natijalarga erishyapmiz.

Tahlillarga nazar tashlaydigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga Izboskan tumanida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoʻllangan murojaatlarning aksariyat qismini mehnat munosabatlari, ish bilan taʼminlash, soliq tizimi, kadastr sohasiga oid muammolar tashkil etmoqda. Xulosa qilish mumkinki, hududda ushbu yoʻnalishlarda bajarilishi muhim boʻlgan vazifalar mavjud. Bu esa kelgusi faoliyatimizni tashkil etishda asosiy yoʻnalish etib belgilanadi.

Oybek MELIBOYEV,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi
Xalq qabulxonasi mudiri.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Apr 06:18
 
26
0
xs.uz

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 'Isuzu' rusumlik yuk mashinasi yonib ketdi. Viloyat FVB holat yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:15 da Oqdaryo tumani 'Kumushkent' MFYdan oʻtuvchi M-39 'Samarqand-Qarshi' avtomagistral yoʻlining 19-kilometrida sodir boʻlgan.Viloyat FVBga kelib tushgan xabarga'koʻra,'voqea'joyiga'2'ta'Yongʻin-qutqaruv'ekipaji'soat'14:22'da'yetib'borib, 8'daqiqa'ichida'yongʻinni'bartaraf'qilgan.Aniqlanishicha, 'Isuzu FV-10000' r

16 Apr 15:12
 
32
0
xs.uz

Bobur shahrida rassomlar festivali oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, kecha, 15-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahrini Bobur shahri deb nomlash boʻyicha katta tashabbusini'ilgari surdi.Davlat rahbari raisligida bugun, boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda Bobur bobomiz siymosini abadiylashtirish maqsadida ulugʻ ajdodimiz va uning avlodlari bunyod qilgan tarixiy obidalarning kichiklashtirilgan nusxalaridan iborat tematik park barpo etilishi qayd etildi.Shuningdek, Prezident har yili Bobur shahrida rassomlar festivalini oʻtkazis

12 Apr 21:14
 
27
0
xs.uz

Ohangaronda 316,4 mln soʻmlik “svet” oʻgʻirlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, 'B.S.' MChJ rahbari X.X. 4-kichik tuman hududida joylashgan spirtli ichimliklar savdo doʻkonida noqonuniy ravishda umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulanib olgan.Mazkur qonunbuzilish holati natijasida jami 316,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydala

20 Mar 12:53
 
40
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh