calendar 27 Nov 14:53
eye 126
comments 0
comments Manba: zarnews

Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Bayden tarafdorlarini yo'qotmoqda. Yaponiya bosh vaziri maoshini g'aznaga qaytaradi

image

🔻 Bayden G'azoda o't ochish tarafdori bo'lgani uchun ko'pchilik, xususan yoshlarning qo'llashini yo'qotmoqda. Bu Baydenning prezidentlikka qayta saylanishini qiyinlashtiradi.

🔻 Bir hafta ichida Finlyandiya Rossiya bilan qariyb bir yarim ming kilometr uzunlikdagi chegarasini deyarli butunlay yopdi.  Finlyandiyaning daʻvo qilishicha, Rossiya hukumati qochqinlar oqimini ataylab chegara tomon burmoqda.

🔻 Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida va uning hukumat aʻzolari  maoshlarining oshirilgan qismini byudjyetga qaytarishlarini maʻlum qilishdi. Ularning oylik maoshlari oshirilishi xalq noroziligiga sabab bo'lgan.

🔻Dublin markazida pichoq bilan qurollangan erkak maktab yaqinida kamida uch nafar voyaga yetmagan bolani yaralagan. Besh yoshli qiz va bir ayol og'ir jarohat olgan. Hujumdan so'ng boshlangan norozilik namoyishlari tufayli asosiy ko'chaga chiqish butunlay to'sib qo'yilgan, patrul mashinalari yoqib yuborilgan, do'konlar talon-taroj qilingan.

🔻 Tramp: AQSh jiddiy muammolarga duch keldi va prezident Jo Baydenning siyosati tufayli jahannamga aylanti. Avvalroq AQShning sobiq prezident Bayden o'z harakatlari bilan dunyoni uchinchi jahon urushi va yadroviy mojaroga olib kelishi mumkinligini aytgan edi.

🔻 Isroil HAMAS bilan mojaro davomida taxminan 48 milliard dollar sarflaydi.

🔻 Yaponiya mudofaa vazirligi Er orbitasida KXDR sunʻiy yo'ldoshi bo'lishi mumkin bo'lgan obʻyekt topilgani haqida maʻlum qildi.

🔻 Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yadro qurolining afzalliklari haqida gapirdi: Yadro qurolining mavjudligi mintaqada xavfsizlikni kafolatlaydi va xalqaro maydonda ovoz berish huquqini beradi - bular bugungi kun haqiqatidir. U Belarus hududida Rossiyaning taktik yadroviy qurollari joylashtirilayotgani sababli Belarusga nisbatan haqoratlarni absurd deb atadi.

🔻 Bishkek meri Oybek Junushaliyev tirbandlik muammosini hal etmasa o'z lavozimidan olinadi. Yaqin kelajakda tirbandlikni oshiruvchi temir yo'l poytaxtdan chetga chiqarilishi mumkin.

🔻 Qozog'iston mamlakatni tark etgan Amerikaning McDonald's  ovqatlanish nuqtalari nomini o'zgartirishga qaror qildi. Uning o'rniga endi «Men Arujanmin», «Men Yuliyamin», «Men Madiyarmin»lar paydo bo'ladi.

🔻 Xitoyda jinoyatchi o'g'irlik vaqtida uxlab qolgan va politsiya tomonidan qo'lga olingan. Qaroqchi uyga bostirib kirganida, odamlar borligini payqagan va ularning uxlashini kutishga qaror qilgan. Ko'p o'tmay o'zi xurrak ota boshlagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
31
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada

04 Apr 16:20
 
50
0
xs.uz

“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq

18 Apr 11:08
 
44
0
xs.uz

Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan

18 Apr 11:08
 
43
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq