O'zbekiston guruhdagi dastlabki turda Malayziya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Bugun, 23 noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi 2024 yilgi Osiyo kubogiga qurʻa tashlandi.
Ushbu qurʻa tashlash marosimida 16 ta terma jamoalar 4 ta guruhga bo'lingan holda 4 ta guruhdan joy olishdi.
Ushbu Osiyo kubogida Parij-2024 Olimpiadasiga yo'llanmalar o'ynaladi va 1-3-o'rinni olgan jamoalar Olimpiadaga chiqadi.
Musobaqa kelasi yilning 15 aprel – 3 may kunlari Qatarda o'tkaziladi.
Guruhlardagi jamoalar va ularning raqiblari bilan tanishing.
"A" guruhi
Qatar
Avstraliya
Iordaniya
Indoneziya
"B" guruhi
Yaponiya
Janubiy Koreya
BAA
Xitoy
"C" guruhi
Saudiya Arabistoni
Iroq
Tailand
Tojikiston
"D" guruhi
O'zbekiston
Vyetnam
Quvayt
Malayziya
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI
Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojizlar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazilmoqda
O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi xabarlariga ko'ra, ushbu musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan kelgan jami 72 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ayni paytda mamlakat chempionatida Samarqand viloyati jamoasi a'zolari yetakchilik qilishmoqda.Shuningdek, Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyatidan tashrif buyurgan ishtirokchilar ham sovrinli o'rinlar uchun da'vogarlik qilishmoqda.