Temir yoʻl vokzallari davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarga beriladi


Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʼzi”
Endilikda Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temir yoʻl vokzallari hamda ulardagi boʻsh joylar davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarga beriladi
Har qanday sohani isloh qilish, sogʻlom raqobat jarayonlarini yaratish uchun unga xususiy sektorni keng jalb qilish bugungi davr talabi boʻlmoqda.
Shu maʼnoda Temir yoʻl sohasida biznes jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish hamda respublikaning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida joriy yil 10-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qaror ijrosiga koʻra, xususan, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tarkibida vokzallar faoliyatini taʼminlash boʻyicha “Temir yoʻl vokzallari” MCHJni tashkil qilish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan joriy yil noyabr oyidan boshlab, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temir yoʻl vokzallari hamda ularda joylashgan boʻsh hududlarni tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik hamda shartnoma asosida ijaraga beriladi.
Tadbirkorlar vokzallar va boʻsh joylarni ijaraga olishlari va ularda bizneslarini rivojlantirishlari uchun imkoniyati yaratildi.
– Toshkent-Markaziy temir yoʻl vokzalida tadbirkorlar uchun 4 ming kv.km. joy boʻlib, xususiy sherikchilik hamda ijaraga berilmoqda. Bu yerda tadbirkor ofis uchun joy, mehmonxona, doʻkon, xizmat koʻrsatish shoxobchalari hamda savdo markazlari tashkil qilishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, Temir yoʻl vokzallaridagi boʻsh hududlarni ijaraga olmoqchi boʻlgan tadbirkorning taklifi oʻrganilib, tanlangan joy “Ye-auksion” platformasi orqali ijaraga beriladi.
Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʼzi”
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi
Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl
Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi
Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-