calendar 17 Nov 09:28
eye 222
comments 0
comments Manba: xs

Si Szinpinning oʻzbek tilida chop etilgan “Qashshoqlikdan xalos boʻlish” kitobi taqdimotiga bagʻishlangan xalqaro tadbir

image

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Joriy yilning 17-noyabr kuni Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisi Si Szinpinning oʻzbek tilida chop etilgan “Qashshoqlikdan xalos boʻlish” kitobi taqdimotiga bagʻishlangan xalqaro tadbir oʻtkazildi. Mazkur tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda XXRning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda XXR Davlat kengashi matbuot xizmati, Xitoy xorijiy tillardagi adabiyotlarni nashr etish va tarqatish Boshqarmasi, Xitoy Xorijiy tillardagi adabiyotlar nashriyoti, Futszyan provinsiyasining Xalq nashriyoti, “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, shuningdek, qator vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Taqdimotda XXR rahbarining “Qashshoqlikdan xalos boʻlish” kitobining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi. Shuningdek, “Oʻzbekiston va Xitoy davlat boshqaruvi” va “qambagʻallikni qisqartirish” mavzularida oʻzaro fikr almashinilib, ishtirokchilarga kitob haqidagi taassurotlar ulashildi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, Xitoy davlati 40 yil avval boshlangan ochiqlik va islohotlar siyosati hamda inson resurslaridan samarali foydalanish natijasida bugungi kunda global darajada eng yirik ishlab chiqaruvchi va eksportchi mamlakatga, yuqori texnologiyalarga asoslangan “dunyo fabrikasi”ga aylandi.

Maʼlumki, XXR raisi Si Szinpin 2021-yil 24-fevral kuni boʻlib oʻtgan mamlakatning qashshoqlikni bartaraf etishdagi yutuqlariga bagʻishlangan yigʻilishda mamlakatda mutlaq qashshoqlik ustidan toʻliq gʻalabaga erishilganini maʼlum qilgan.

Mazkur kitobda Xitoyning qashshoqlikka qarshi kurashdagi erishgan natijasi zamirida, muhtojlarga shunchaki pul tarqatish emas, balki muammoga tizimli yondashuv bilan erishilgani, Xitoyda qashshoqlikdan xalos boʻlish tarixi, aholi turmush darajasini oshirish boʻyicha hukumat amalga oshirgan turli dastur va chora-tadbirlar hamda qashshoqlikdan muvaffaqiyatli xalos boʻlishga yordam beruvchi omillar haqida soʻz boradi.

Kitobda yoritilgan asosiy mavzulardan biri bu qashshoqlik muammosini hal qilishda davlatning roli muximligi. Muallif qishloq joylarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va infratuzilmani rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan faol hukumat siyosati muhimligini taʼkidlaydi hamda turli dastur va loyihalar orqali millionlab insonlar uchun qashshoqlikni kamaytirish va turmush darajasini yaxshilash mumkinligiga ishora qiladi.

Shuningdek, muallif kitobda Xitoyning qishloq hududlarini rivojlantirish istiqbollari va ularning barqaror iqtisodiy oʻsishini taʼminlashdagi roli haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashadi.

Umuman olganda, XXR Raisi Si Szinpin janoblarining “Qashshoqlikdan xalos boʻlish” kitobi Xitoydagi qashshoqlik muammosi va uni bartaraf etish mexanizmlarini yaxshiroq tushunish imkonini beruvchi qimmatli tadqiqot materialidir.

Kitob ijtimoiy siyosat sohasidagi mutaxassislar uchun ham, jamiyat taraqqiyotining zamonaviy muammolari va istiqbollari bilan qiziqqan keng kitobxonlar uchun ham foydali boʻladi.

Tadbirda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha muvaffaqiyatli Xitoy tajribasini aks ettirgan mazkur kitob mamlakatimizda ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni atroflicha tahlil qilish hamda “Oʻzbekiston 2030” strategiyasi doirasida belgilangan “2026-yilga qadar kambagʻallikni 2022-yilga nisbatan 2 barobarga, 2030-yilga qadar esa keskin qisqartirish” maqsadini amalga oshirishga hissa qoʻshishiga ishonch bildirildi.

 Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
95
0
xs.uz

BMT Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Gʻazo sektorida soʻzsiz va doimiy oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda 'RIA Novosti' nashri.Bildirilishicha, ushbu rezolyutsiyani maʼqullab 149 ta davlat ovoz bergan, 12 ta davlat ushbu loyihaning qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan, 19 ta davlat esa betaraf qolgan. Maʼlumotlarga koʻra, AQSH, Vengriya, Fuji hamda Argentina mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan.Qabul qi

13 Jun 00:39
 
94
0
xs.uz

“Bu men va Putinning ishi” – Zelenskiy Kiyev delegatsiyasiga Rossiya bilan hududlarni muhokama qilishni taqiqladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev delegatsiyasiga Rossiya bilan hududlarni muhokama qilishni taqiqladi. Uning taʼkidlashicha, Kiyev delegatsiyasi Rossiya bilan muzokaralarda hududlarni muhokama qilish vakolatiga ega emas.'Ukraina delegatsiyasi mojaroni hal qilish boʻyicha muzokaralarda Rossiya bilan memorandum doirasida faqat gumanitar masalalarni muhokama qilish vakolatiga ega. Chunki ularning mandati yoʻq. Bu Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhokama qilishdir. Hududla

08 Jun 02:27
 
153
0
xs.uz

Moskva viloyati muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi

Ko'p yillardan so'ng ilk bor ikkita noyob muzey ' I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi va 'Yangi Iyerusalim' muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.Ko'rgazma 'Yangi Sharq ustalari'dan tortib 'Metafizika'gacha bo'lgan tematik bo'limlarni, shuningdek, mualliflarning 'ovozini eshitishga' imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o'z ichiga oladi.Ko'rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha davom etadi.

18 Jun 21:56
 
199
0
xs.uz

Tramp Erondan “soʻzsiz taslim” boʻlishni talab qildi. Eron esa yahudiy davlati havo hududini nazoratga oldi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning 'soʻzsiz taslim boʻlishini' talab qildi.Unga koʻra, ayni paytda Eronning havo hududi endi toʻliq AQSH nazorati ostida. AQSH Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning qayerda joylashganini aniq biladi, ammo Vashington 'hech boʻlmaganda hozircha'uni yoʻq qilish niyatida emas.Oq uy rahbari Eron muammosini hal qilish uchun AQSH armiyasidan foydalanishni istamaydi, ammo sabr-toqati tugayapti.'Eronda yaxshi kuzatuv uskunalari va boshqa mudofaa uskunalar