calendar 28 Oct 06:27
eye 48
comments 0
comments Manba: xs

Qonunchilikda “harbiylashtirilgan soqchilik” tushunchasi “harbiylashtirilgan qoʻriqlash” tushunchasi bilan oʻzgartirilmoqda

image

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Senatning qirq oltinchi yalpi majlisida “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Mazkur hujjat “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, qoʻriqlash faoliyati sohasiga tegishli ayrim qonun hujjatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Milliy gvardiya tomonidan ishlab chiqilgan.

Taʼkidlanganidek, Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisida “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan maʼqullanib, 2022-yil iyun oyida davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan edi.

“Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqqan holda “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunlarda va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda aks etgan “harbiylashtirilgan soqchilik” tushunchasi “harbiylashtirilgan qoʻriqlash” tushunchasi bilan oʻzgartirilmoqda.

Senatorlar muhokama jarayonida ushbu Qonunning qoʻriqlash faoliyati sohasidagi tushunchalarning aniq va bir xil qoʻllanilishiga xizmat qilishini aytib oʻtdilar.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
26
0
xs.uz

Lukashenkoning MDH davlatlariga shikoyatlari va Kurskdagi magʻlubiyat (+video)

Belarus elchisi Qozogʻiston TIVga chaqirildiBelarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 'Rossiya' telekanaliga bergan intervyusidan soʻng Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Belarus elchisi Pavel Utyupinni idoraga chaqirgan.Lukashenko, jumladan, oʻz intervyusida sobiq ittifoq respublikalari ittifoqchilik munosabatlariga qaramay, birdamlik koʻrsatmayotgani va oʻzaro yordam koʻrsatmayotganini aytib, ikki yil avval KXSHT tinchlikparvar kuchlari ishtirok etgan Qozogʻistondagi miti

08 Sep 16:45
 
26
0
xs.uz

AQSH Bayden davrida yomonlashgan migratsiya inqirozi bilan zaharlandi — Tramp

Amerika Qoʻshma Shtatlari hozirgi Amerika maʼmuriyati davrida yomonlashgan migratsiya inqirozidan aziyat chekmoqda. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xarrisburgda (Pensilvaniya) saylovchilar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.'Bizning asosiy muammomiz bu AQSH hukumati mamlakatga ruxsat bergan 21 million odam. Ular mamlakatimizni zaharlashdi. Ular bu yerga qamoqxonalardan, psixiatrik shifoxonalardan kelishadi. Ular orasida terrorchilar ham bor', deya keskin bayonot berdi siyosatchi.Tr

20 Sep 00:23
 
28
0
xs.uz

Rossiyada vertolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Shu yilning 16-sentyabr kuni Amur viloyatida gʻoyib boʻlgan 'Robinson R66' rusumli vertolyoti halokatga uchragani maʼlum boʻldi. Hodisa oqibatida uning bortdagi uch kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda Zeya tumani Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona navbatchi dispetcherlik xizmatiga tayanib, 'TASS' xabar berdi.'Vertolyot topildi, bortdagi uch kishi halok boʻlgan. Vertolyot favqulodda mayoq qoldirilgan joydan topildi', ' deyiladi xabarda.'112' telegram kanaliga koʻra, vertolyot bort

20 Sep 00:23
 
29
0
xs.uz

Ukrainaning “gʻalaba rejasi” ishlaydimi? AQSH oʻz munosabatini bildirdi

AQSH rasmiylari Ukrainaning yangi taklif etayotgan 'Gʻalaba rejasi'ga ishonch bildirdi. Bu haqda 'Newsweek' xabar bermoqda.Qayd etilishicha, Rossiya bilan uzoq davom etgan mojaroga barham berish uchun ushbu loyiha eng samaralisi boʻlishi mumkin. Vashington Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan eʼlon qilingan reja 'haqiqiy, adolatli tinchlik'ni taʼminlashga qaratilganini iddao qilgan.Qayd etish kerakki, strategiyaning aniq tafsilotlari hali jamoatchilikka toʻliq oshkor etilmagan. A