Fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali ishonchli himoya qilish tizimi mustahkamlanmoqda


Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Keyingi yillarda mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirish maqsadida sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga doir keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Senatning qirq oltinchi yalpi majlisida sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslarga, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi toʻrtta qonun muhokama qilindi.
Kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga koʻra qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari shikoyat (protest) asosida apellyatsiya tartibida, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari, agar ular apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, kassatsiya tartibida, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud qarorlarini taftish tartibida koʻrish belgilanmoqda. Qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida koʻrib chiqish vakolati viloyat sudi va unga tenglashtirilgan sudlar vakolatiga oʻtkazilmoqda.
Sud qarorlarini qayta koʻrish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritilishi munosabati bilan Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslarga, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarda taftish instansiyasida ish yuritish tartibi batafsil yoritilmoqda.
Jumladan, Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga sud ishlarini koʻrishning oʻta markazlashtirilishiga barham berilishini, ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrish bosqichlari joriy etilishini, ishlar Oliy sudda taftish tartibida hamda Oliy sudning Rayosatida qayta koʻrilishini, yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan koʻrish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlanishini, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish boʻyicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatilishini, sud qarorlarini qayta koʻrish bosqichlariga taftish instansiyasi joriy etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, amaldagi yuqori instansiya sudlari tomonidan quyi instansiya sudlarining qarorini bekor qilgan holda yangidan koʻrish uchun yana quyi sudga yuborish tartibi bekor qilinib, har bir sud instansiyasiga ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish majburiyati yuklanmoqda. Shu bilan birga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda.
Bundan tashqari, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga ishlarni koʻrishning oʻta markazlashtirilishiga barham berish, fuqarolarning olis hududlardan sudga kelib sarson boʻlishining oldini olish maqsadida viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrilishini, ishlar taftish tartibida Oliy sudning Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatida va alohida hollarda Oliy sud Rayosatida koʻrilishini hamda yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilinishini, shuningdek yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrishda prokuror ishtirok etishi shartligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Taʼkidlaganidek, mazkur qonunlarning qabul qilinishi natijasida sudlarda ishlarning sifatli va oʻz vaqtida koʻrilishi, sud qarorlarini qayta koʻrishda viloyat sudlari hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, eng muhimi fuqarolarning sud orqali huquq va erkinliklarini himoya qilish imkoniyatlari kengayib borishiga erishiladi.
Qonunlar senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi
Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan
AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram
Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi
Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э