Rashid Temurov tavalludining 110 yilligiga bag'ishlangan shaxsiy rangtasvir asarlari ko'rgazmasi ochildi

Samarqand shahridagi "Xalqlar do'stligi va diniy bag'rikenglik" muzeyida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Rashid Temurov tavalludining 110 yilligiga bag'ishlangan shaxsiy rangtasvir asarlari ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmada rassomning muzey-qo'riqxona fondida hamda oilaviy shaxsiy jamlanmasida saqlanayotgan oltmishga yaqin rangtasvir asarlari namoyish qilinmoqda.
O'zbekiston tasviriy sanʻatida manzara janri o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Rassom qadrdon yurt jamolini tasvirlash orqali tabiatga, milliy urf odatlarga, go'zallikka muhabbat uyg'otish kerak degan fikrni talqin etadi. Bu janrda ijod qilgan rassomlardan O'.Tansiqboyev, N.Karaxan, P.Benkovlar bilan bir qatorda ona yurt mehrini ranglar orqali tarannum etgan Rashid Temurovning ijodi ham alohida tahsinga sazovor.
- Rashid Temurovning asarlari hozirgi kunda dunyoning turli mintaqalarida, xususan, Davlat Tretyakov galeriyasi, Sharq xalqlari davlat muzeyi, Norilsk va Tselinograd hamda mamlakatimizdagi turli muzeylarda saqlanadi, - deydi O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi sanʻat bo'limi mudiri Safura Ro'zimurotova. - Jumladan, "Samarqand" davlat muzey-qo'riqxonasi fondida rassomning qirqqa yaqin asarlari saqlanyapti. Rassom tomonidan Samarqandning so'lim bog'lari, sershovqin bozorlari, tarixiy obidalari tasvirlangan "Samarqand obidalari", "Afrosiyobda bahor", "Samarqanddagi qovun bozori", "Urgut kulolchiligi", "Bibixonim hovlisida", "Shohizinda", "Registon ko'chasi" kabi asarlarida yurtga muhabbat ohanglarini ko'rish mumkin. Ushbu asarlar shu kungacha ham muzeyda tashkil qilingan ko'pgina ko'rgazma va ekspozitsiyalarda namoyish etilib, keng jamoatchilikning eʻtirofiga sazovor bo'lgan.
Ko'rgazmaning ochilish tadbirida muzey xodimlari, rangtasvir sanʻati muxlislari, yoshlar va keng jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Ko'rgazma joriy yilning 16 oktyabriga qadar namoyish qilinadi.
NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...
Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz
YEGANDEK BO‘LDIM
«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya
"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudg