Oʻzbekiston Prezidenti “BYD” kompaniyasining mamlakatimizda avtomobillar ishlab chiqarishni toʻliq yoʻlga qoʻyish rejalarini qoʻllab-quvvatladi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-sentyabr kuni Xitoyning yetakchi “BYD” kompaniyasi prezidenti va asoschisi Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Taʼkidlash joizki, “BYD” kompaniyasi zamonaviy elektromobillar va yangi avlod akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish sohasida global yetakchi hisoblanadi. Bir yilda 2 million dona mashina ishlab chiqaruvchi ushbu konsern dunyo avtomobil sanoati rivojlanishining asosiy tendensiyalarini belgilab bermoqda.
Uchrashuvda kompaniyaning Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirishning amaliy jihatlari, xususan, Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni tez fursatda yoʻlga qoʻyish hamda keyingi bosqichlarda uning quvvatini 300 ming donaga yetkazish masalalari koʻrib chiqildi.
Mahsulot tannarxini kamaytirish uchun butlovchi va ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish loyihalariga hamda avtomobillarni uchinchi mamlakatlar bozoriga eksport qilishni tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, mamlakatimizga “BYD” elektrobuslarini yetkazib berish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha muhandislik-servis markazlarini ochish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.
Saudiya Arabistonida hibsga olingan 19 nafar oʻzbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
Joriy yilning 12-14-mart kunlari 19 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olingan 19 nafar ayollar oʻz oilasi bagʻriga qaytishga muvaffaq boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Saud
Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi
Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur
Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi