Adliya vazirligi tomonidan qonun loyihalarini tayyorlash boʻyicha seminar oʻtkazildi


Adliya vazirligida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun “Qonun loyihalarini tayyorlash, Vazirlar Mahkamasiga kiritish, Qonunchilik palatasi va Senat yigʻilishlarida himoya qilish” mavzusida oʻquv-seminari tashkil qilindi.
Oʻquv-seminarda Oliy Majlis palatalari, Hukumat va 30 dan ortiq davlat organlari vakillari ishtirok etishdi.
Ceminarda taʼkidlanishicha mustaqillik yillaridan buyon oʻtgan davr mobaynida Adliya vazirligi tomonidan 30 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar davlat hisobiga olingan boʻlsa, shundan 8 mingga yaqini, yaʼni deyarli 30 foizi soʻnggi besh yil davomida qabul qilingan.
Qonunchilik palatasi vakillari tomonidan qonun loyihalarini palatada koʻrib chiqish tartibi hamda loyihalarni kiritishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlarga batafsil toʻxtatib oʻtildi. Xususan, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonun loyihalarini ishlab chiqish, muayyan sohani tartibga solishga qaratilgan bir nechta qonun oʻrniga yaxlit kodeks ishlab chiqish lozimligi qayd etildi.
Oliy Majlis Senatida qonun loyihalarini koʻrib chiqish tartibi va loyihalarni ishlab chiqishda bugungi kunda koʻp uchrayotgan kamchilik va muammolar toʻgʻrisida Senat vakillari batafsil tushuntirish berib oʻtdi.
Seminarda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari raqamlashtirilganligiga alohida toʻxtalib, xususan bugungi kunda loyihalarni ishlab chiqish va kelishish –Project.gov.uz orqali hamda ularni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish – regulation.gov.uz orqali amalga oshirilmoqda.
Norma ijodkorligi jarayonida qonunchilik hujjatlari va loyihalarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tizimi joriy etilgan boʻlib, birgina 2022-yilda 144 ta qonunchilik hujjati loyihasining taʼsiri baholanib, ulardan 150 dan ortiq talab, majburiyat va cheklov oʻrnatuvchi norma chiqarib tashlandi. Natijada aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun 7 trln soʻmdan ortiq asossiz xarajatlarning oldi olindi.
Shuningdek, 2026-yilga qadar 21 mingdan ortiq hujjatni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish belgilangan. 2022-yilda ushbu yoʻnalishda 1800 dan ortiq hujjat ekspertizadan oʻtkazilib, ularning 12 foizida 300 dan ziyod korrupsiyaviy omillar aniqlandi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli qonunchilik hujjati loyihalari ishlab chiqildi.
Shuningdek, seminarda vazirlik masʼullari tomonidan qonun loyihalarini ishlab chiqish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirish berib oʻtildi.
Bundan tashqari, norma ijodkorligi jarayonida kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar muhokama qilindi, unga koʻra norma ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modeli keng joriy etish orqali hujjatlarning samaradorligi oʻrganiladi hamda hujjatining maqsadlariga erishilganligi va samaradorligini aniqlash maqsadida hujjatning taʼsiri baholanadi.
Kelgusida, qonunchilik hujjatlarini har yili Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan rejalashtirish dasturlari asosida ishlab chiqiladi. Qonunchilik bazasini yanada ixchamlashtirish va aniq sohalar kesimida tizimlashtirish maqsadida 57 ta sohada 10 mingga yaqin qonunchilik hujjatlari tizimlashtiriladi.
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loy
Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik uchun javobgarlik belgilandi
Oʻzbekistonda ommaviy tartibsizliklar sodir etish uchun oʻquvdan oʻtganlar 225 mln soʻmgacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Maʼlum qilinishicha, bugun, 27-mart kuni qabul qilingan qonun (OʻRQ-1051) bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasiga ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik hamda ushbu faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlikni belgilovchi oʻzgartirish kiritish nazarda tutilgan.Qonunga koʻra, sh
Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir