calendar 22 Sep 21:52
eye 36
comments 0
comments Manba: zarnews

Elektr energiyasi tarmoqlari sovuq kunlarda barqaror ishlaydimi?

image

Isteʻmolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʻminlash shu kunning dolzarb masalalaridan biri. Sohada kuzatilayotgan ayrim savollar ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Shu bois, ularga javob olish maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali direktori Umid Nazarovga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Tizimda modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlarini xavfsiz olib borish maqsadida qator hududlarda maqsadli o'chirishlar amalga oshirildi, - deyiladi suhbat uchun yuborilgan savollarga berilgan javob xatida. -  Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va uning filiallari hamda energetika vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa va kanallari orqali kamida bir sutka oldin xabarlar eʻlon qilib borilmoqda.

Respublikamizda ob-havoning haddan tashqari isib ketgani elektr energiyasini uzluksiz va yo'qotishlarsiz yetkazib berishda qiyinchiliklar tug'dirdi. Isteʻmolchilar tomonidan havoni sovutish uskunalaridan foydalanilishi natijasida elektr energiyasidan foydalanish bir necha bor oshdi. Oqibatda kabellar kuyib, transformatorlar ishdan chiqishi mumkin. Ushbu holatlar sodir bo'lishining oldini olish maqsadida isteʻmolchilar ogohlantirilgan holda rejali o'chirishlar amalga oshirilmoqda.

- Isteʻmolchilarga ogohlantirishsiz uzilish oqibatida yetkazilgan zararni qoplab berish masalasi qay ahvolda?

- Hozirgi kunda viloyatimiz isteʻmolchilariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʻminotini yaxshilash hamda elektr energiyasi isteʻmoli limiti miqdorida elektr energiyasi yetkazib berilishi borasida barcha zarur chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi "Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga ko'ra hududiy elektr tarmoqlari korxonalari elektr tarmog'i xo'jaligi obʻyektlarining rejali taʻmirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan taʻminlashdagi mumkin bo'lgan uzilishlar to'g'risida viloyatimiz isteʻmolchilarini "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning Samarqand hududiy filialining telegramm kanali hamda tuman va shahar hokimliklari rasmiy ijtimoiy sahifalarida eʻlon qilinmoqda.

Joriy yilda avariya holatidan tashqari, isteʻmolchilarga ogohlantirishsiz uzilish oqibatida yetazilgan zararni qoplab berish bo'yicha biror bir holat bo'lmagan.

- O'tgan qish mavsumida faqat shahar xalq qabulxonasining o'ziga 300 dan ko'proq elektr taʻminotidagi uzilishlar bilan bog'liq murojaatlar bo'lgan. Bu galgi kuz-qish mavsumida bu raqam kamayadimi?

- O'tgan yili qish mavsumida isteʻmolchilarning elektr energiyasiga talabi keskin oshishi kunlik elektr energiyasi isteʻmolining ham oshishiga olib keldi. Buning oqibatida ishlab turgan yuqori kuchlanishli ayrim elektr uzatish tarmoqlarining himoya qurilmalarida qisqa muddatli o'chishlar takrorlanishi kuzatildi.

Joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan kapital taʻmirlash ishlari olib borilmoqda.

- Shu o'rinda o'tgan yili qish faslida viloyatdagi haftalab (balki undan ham ko'p) "svet"siz qolgan mahallalarda bu hol takrorlanmasligi uchun 40 milliard so'm mablag' zarurligi aytilmoqda. Maʻlum bo'lishicha, hozircha bu mablag' manbasi aniq emas.

Demak, o'sha hududlarda kunlar sovishi bilan yana o'tgan yilgi muammolar takrorlanadimi?

- 2023-2024 yilning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha 35-110 kV kuchlanishli 13 ta transformator, 2941,2 kilometr 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, 6-10/0,4 kV kuchlanishli 1174 ta transformator punktlari mukammal taʻmirlandi.

Shuningdek, 35-110 kV kuchlanishli 129 ta transformator, 7012,8 kilometr 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, 6-10/0,4 kV kuchlanishli 2102 ta transformator punktlari joriy joriy taʻmirlandi.

Kuz-qish mavsumida favqulodda avariyalarni qisqa muddatlarda bartaraf etish uchun 36 ta tarmoq transformatori, 20,2 tonna transformator moyi, 75 ta temir-beton tayanch, 1 tonna sim, 5,9 kilometr kabel va 65 ta kabel muftalaridan iborat zaxira yaratiladi.

- Hisobotlarga tayanilsa, viloyatda to'liq ASKUE (elektr energiyani hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi)ga o'tilgan. Yaʻni, abonent hisobidagi pul mablag'i tugasa, u tarmoqdan avtomatik uzilib, to'lov qilinsa avtomatik elektr uzatish yo'lga qo'yilishi kerak.

Ammo ayrim isteʻmolchilarga elektr tarmoqlari xodimi qarzingiz bor ekan, deganligi haqida eshitib qolamiz. Va uni "yopib" berish uchun qo'lga tushganlar haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar beriladi. Buni qanday izohlaysiz?

- Bugungi kunda viloyatda zamonaviy onlayn elektr hisoblagichlar o'rnatilgan bo'lib, aholi isteʻmolchilarning hisobidagi pul mablag'i tugasa masofaviy avtomatik tarzda o'chiriladi. Ammo ulgurji isteʻmolchilar oyning oxirgi kunlarida DK "Elektrhisob" dasturida hisobot kiritilgandan so'ng qarzdorlik aniqlangan taqdirda masofaviy o'chiriladi. Ulgurji isteʻmolchilar tomonidan to'lov amalga oshirilsa isteʻmolchi to'lagan to'lov pattasini tuman va shahar elektr taʻminot hisobchilariga taqdim qilgan taqdirda elektr hisoblagich masofaviy qo'shib beriladi.

- Raqobatni rivojlantirish va isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi viloyat hududiy boshqarmasi 2022 yil davomida 55 ta murojaatni o'rganib isteʻmolchilarga qariyb 7 million so'm noreal qarzdorlik hisoblanganini aniqlagan.

Inson omili aralashmaydi, deyilgan tizimda bunga qay tariqa yo'l qo'yilyapti?

Holat boshqalar bilan ham takrorlanmasligi uchun isteʻmolchi nimalarga eʻtibor qilishi, nimalarni bilishi kerak?

- 2022 yil davomida qayta hisob-kitob qilingan isteʻmolchilarning elektr hisoblagichlari eski rusumli bo'lganligi sababli ko'rsatkichlari DK "Elektrhisob" dastur orasida farq yuzaga kelib qolgan.

ASKUE tizimiga mos elektr hisoblagich o'rnatilgan isteʻmolchilarda inson omili aralashmaydi.

- MIB viloyat boshqarmasi 2022 yil yakuniga ko'ra, elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga 21,5 milliard so'mlik 414 ta ijro hujjatlari mavjudligini bildirgan.

Bunday katta hajmdagi qarzdorlik yuzaga kelishida, tabiiyki, tizim xodimlarining ham o'z "hissasi" bor. Isteʻmolchilar qarzdorligini kamaytirish, yanada ko'payib ketmasligi uchun nima ishlar qilinyapti?

- Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarorining 70-bandiga muvofiq, qarzdorligi mavjud bo'lgan isteʻmolchilarni tarmoqdan o'chirish ishlarini tashkil etish uchun viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan qo'shma farmoyish ishlab chiqilib, tuman va shaharlar bo'yicha Ishchi guruhlar tuzilib, hududlarda elektr tarmog'iga noqonuniy ulanish va talon-toroj qilish holatlarini aniqlash qarzdor isteʻmolchilarni tarmoqdan uzish hamda undirish ishlarini tashkil etish uchun reyd tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

Bugungi kunda viloyat, tuman va shahar prokuraturalari orqali sud organlariga topshirilgan materiallar asosida joriy yil 1 avgustgacha MIB viloyat boshqarmasiga elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga 40,9 milliard so'mlik 521 ta ijro hujjatlari yuborilgan.

Bu borada tuman va shahar sektor rahbarlari ham amaliy yordam ko'rsatib kelmoqda.

- Aslida bugun tizimda korruptsiya yo'qolmayotgani, muammolar biri ikkinchisini yaratayotganining ham sabablari shu – shahar va tumanlarda taʻminot yo'qligi, shu bilan birga tizimda xizmat qilayotganlarga to'lanayotgan haq kam ekanligida emasmikan? Hududlarda ham taʻminot masalasini yo'lga qo'yish, xizmatchilar daromadlarini oshirish borasidagi ishlar va rejalar bilan o'rtoqlashsangiz.

- Tizimda mehnat qiluvchi ishchi xodimlarning oylik ish haqlari 2017 yildan buyon bir necha bor oshirib kelinmoqda.

Elektr energiyasi tizimida korruptsion holatlarning oshish sabablaridan biri - isteʻmolchilarning huquqiy savodxonligi yetishmasligi, o'z haq-huquqlarini bilmasligi hamda O'zbekiston Respublikasida qonun ustuvor jazo muqarrarligi ishchi-xodimlarning ongiga yetib bormayotganligidadir.

Bu holatlarning oldini olish maqsadida "HET" AJ Samarqand hududiy filialida, tuman hamda shaharlar elektr taʻminoti korxonalarida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va boshqa idoralar xodimlari bilan hamkorlikda tushuntirish va profilaktik tadbirlar tashkillashtirib borilmoqda.

- Tizimda ahvolni o'nglash uchun salkam 150 milliard so'm mablag' zarurligi aytilmoqda. Bu davlat rahbari imzolagan hujjat asosida qurilayotgan bitta shaharcha – Shirin massivi uchun sarflanadigan xarajatga teng.

Shundan kelib chiqilsa, elektr taʻminoti uchun respublikadan buncha mablag' ajratilishi dargumon. Agar shunday bo'lsa, (yaʻni, respublika byudjyetidan mablag' ajratilmasa, tabiiyki, ayni paytda viloyat mahalliy byudjyetida bunga imkon yo'q) holatni yaxshilash uchun boshqa variantlar bormi?

- "HET" AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan isteʻmolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʻminlash maqsadida, mavjud obʻyektlarni investitsiya dasturlari, respublika va viloyat byudjyet mablag'lari hisobidan kapital va mukammal taʻmirlash ishlari olib borilmoqda. Qo'shimcha ravishda viloyat hokimligi tomonidan 0,4-6-10 kV kuchlanishli tarmoqlar va transformator punktlarini modernizatsiya-rekonstruktsiya qilish hamda yangilash maqsadida 16,4 milliard so'm mablag' ajratildi. Natijada 100 ta aholi punktida elektr energiya taʻminoti yaxshilandi.

Bundan tashqari, tizimdagi obʻyektlarni taʻmirlash va yangi obʻyektlar qurishni moliyalashtirish uchun "HET" AJga mablag' ajratish to'g'risida chora-tadbirlar rejasi berildi.

- Keyingi vaqtlarda muqobil energiya manbalaridan (fotoelektrstantsiya, quyosh panellari) foydalanishga katta eʻtibor qaratilmoqda. Aytingchi, ayni paytda viloyatdagi kunlik (balki, oylik) isteʻmolning necha foizi muqobil manbalar hisobidan qoplanmoqda.

- Prezidentimizning 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-sonli qarori bajarilishini taʻminlash maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyatimizdagi ijtimoiy soha tashkilotlarining 1074 ta inshoot va binolarida 787 ta 12,2 MVtli, tadbirkorlik subʻyektlarining 382 ta obʻyektlarida 3,3 MVtli hamda 3297 ta aholi xonadonlarida 3,6 MVtli quyosh panellari o'rnatilib, qo'shimcha 19,34 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati yaratildi.

Bundan tashqari, Nurobod tumanida 100 MVt li quyosh elektr stantsiyasi ishga tushurilib, yil boshidan buyon 184,5 mln.kVt.soat hamda Toyloq tumanida 30 MVTli gidroelektrstantsiyasi faoliyati yo'lga qo'yilib, 15,2 mln.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Mazkur qaror asosida Kattaqo'rg'on tumanida dastlabki bosqichda 100 MVt hamda Nurobod tumanida 100 MVt.li loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida kunduzgi vaqtda 300 MVt quyosh elektr stantsiyasi orqali hamda "Shaudar" orqali 30 MVt elektr energiyasi yetkazib berilishi taʻminlanadi.

Yo.Marqayev suhbatlashdi.

***

Ushbu maqola Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi granti loyihasi asosida tayyorlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
29
0
xs.uz

AQSH Bayden davrida yomonlashgan migratsiya inqirozi bilan zaharlandi — Tramp

Amerika Qoʻshma Shtatlari hozirgi Amerika maʼmuriyati davrida yomonlashgan migratsiya inqirozidan aziyat chekmoqda. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xarrisburgda (Pensilvaniya) saylovchilar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.'Bizning asosiy muammomiz bu AQSH hukumati mamlakatga ruxsat bergan 21 million odam. Ular mamlakatimizni zaharlashdi. Ular bu yerga qamoqxonalardan, psixiatrik shifoxonalardan kelishadi. Ular orasida terrorchilar ham bor', deya keskin bayonot berdi siyosatchi.Tr

09 Oct 12:40
 
18
0
xs.uz

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani a

09 Oct 12:40
 
21
0
xs.uz

AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi

Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.'Tinchlaning, ahmoqlar!' ' deb yozdi Makgregor oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun 'oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini' taʼkidlagan soʻzlariga javoban.Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha m

08 Sep 16:45
 
23
0
xs.uz

Pokrovskda vaziyat qanday? Zelenskiy Germaniyada

Ukraina harbiy qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumini himoya qilib chiqdi. Rasmiylarning taʼkidlashicha, hujum Rossiyaning Pokrovsk shahriga intilishini sekinlashtirgan va bu strategiyaning bir qismidir. 'CNN'ga koʻra, Sirskiy Pokrovskni yoʻqotmaslik uchun hamma narsani qilmoqda. Qoʻmondonning qoʻshimcha qilishicha, dushman soʻnggi 6 kun ichida bir metr ham siljimagan. Kiyev Kurskning 1,300 kvadrat kilometr hududini nazorat qilayotgani aytilmoqda.Payshanba kuni