Bir vaqtlar qarovsiz qolgan Respublika bolalar kutubxonasi o'z ishini boshladi

Bu haqda O'zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi o'z sahifasida maʻlum qildi.
"Respublika bolalar kutubxonasi – shahrimiz aholisi uchun eng qadrli va sevimli joylardan biri. Ushbu loyihada yuksak meʻmorchilik namunasini o'tgan asr boshida qurilgan ko'rinishda saqlab qolish biz uchun juda muhim edi.
Bino boy tarixga ega. Turli yillarda bu binoda Toshkent shahar dumasi va Jamoat yig'ini, 1965 yildan esa mashhur bolalar kutubxonasi faoliyat ko'rsatgan. Afsuski kutubxona ko'p yillar davomida qarovsiz ahvolda qolgan va u rekonstruktsiyaga muhtoj edi. Biz 2020 yilda qayta tiklash ishlarini boshladik va nihoyat vazifa uddalandi!
Bu o'ziga xos maskanda ko'plab topilmalarga duch keldik. Masalan, devor suvoqlari ortidan o'tgan asr o'rtalarida ishlangan ajoyib devoriy suratlar chiqdi. Natijada – tarix ruhi va zamonaviy muhit bir joyda mujassam bo'ldi.
O'z ishining ustalari mehnatini munosib baholaysiz, degan umiddamiz. Bugundan boshlab kutubxonamiz eshiklari barcha kitobsevar yurtdoshlarimiz uchun ochiq!" deyiladi xabarda.
Oʻzbekistonga kelayotgan fransuzlar soni 20,8 foizga oshdi
Oʻzbekistonga kelayotgan xorijiy turistlar soni ortib borayotgani kuzatilmoqda. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Fransiyadan jami 6,8 ming nafar turist mamlakatimizga tashrif buyurgan.Qayd etish kerakki, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga yoki 20,8 foizga koʻpaygan.Maʼlum qilinishicha, tashrif buyurgan fransiyaliklarning asosiy qismi sayyohlik maqsadida kelgan. Joriy yilning dastlabki toʻrt oyi davomida
Oʻzbekiston delegatsiyasi Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda
Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (RC COP-12) boshlandi. Ushbu anjuman Bazel konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn yettinchi yigʻilishi (BC COP-17) va Stokgolm konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (SC COP-12) bilan ketma-ket tarzda 9-maygacha davom etadi.'Yashirin narsalarni koʻrinarli qilish: kimyoviy moddalar va chiqindilarni oqilona boshqarish' mavzusida oʻtayotg
Oʻzbekistonda toʻrt oyda 29 mingdan ortiq yangi korxona tashkil etildi
2025-yilning yanvar'aprel oylarida Oʻzbekistonda jami 29 ming 134 ta yangi korxona va tashkilot (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,2 foizga koʻp boʻlib, mamlakatda tadbirkorlik va iqtisodiy faollik darajasining ortib borayotganini koʻrsatmoqda.Yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Mazkur davr mobaynida poytaxtda 6 ming 363 ta yangi korxona roʻyxatdan oʻtgan. Bu umumiy koʻrsatkichnin
Kelgusi hafta boshida xorijiy valyutalarning kursi qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-may kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,07 soʻmga oshib, 12 915,07 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 64,84 soʻmga koʻtarilib, 14 659,90 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,89 soʻmga tushdi va 156,43 soʻmni tashkil qildi.