calendar 31 Aug 03:22
eye 56
comments 0
comments Manba: xs

Besh nafar yosh ijodkorning 5 kitobi dunyo yuzini koʻrdi

image
Shu kunlarda toʻyga toʻyona bilan boriladi, deganlaridek, Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati boʻlimi ham jonajon Vatanimiz – Yangi Oʻzbekiston mustaqilligining 32 yilligiga yangi tashabbusni amalga oshirdi.

Eng ulugʻ, eng aziz bayram arafasida besh nafar yosh ijodkorimizning besh kitobi dunyo yuzini koʻrdi. Bu asalar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan. Xususan, Gulhayo Uralova (Bekobod tumani)ning “Ruhafzo”, Oybek Akbarov (Yangiyoʻl tumani)ning “Guldaxan”, Shoira Toʻlaganova (Ohangaron tumani)ning “Yoʻl boshida”, Bonu Sarimova (Yuqori Chirchiq)ning “Baxt boʻlsam kerak” nomli sheʼriy toʻplami va Otabek Bakirov (Angren shahri)ning “Umid” nomli publitsistik maqolalar toʻplami nashr etildi.

Shuningdek, marhum adib, ulkan isteʼdod sohibi Soyim Isʼhoqning “Yulduz koʻkda soʻnadi” kitobi ham nashrdan chiqdi.

Ushbu voqea munosabati bilan, Nurafshon shahridagi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi kutubxonasida taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Anjumanni Oʻzbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasining viloyat boʻlimi rahbari, senator Mahmud Toir boshqarib bordi.

Dastlab pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yoʻldosh barcha kitob mualliflarini qutlab, yoshlarga ijodiy parvoz tiladi. Qozoqboy Yoʻldosh chinozlik ulugʻ adib Soyim Isʼhoqning “Yulduz koʻkda soʻnadi” kitobi haqida oʻz fikrlarini bildiradi. Xalqimizni kitob oʻqishga, tafakkur qilishga chorladi. Kitob oʻqilsa – kitob, oʻqilmasa, bir uyum qogʻozdan boshqa narsa emas, degan purmaʼno fikrlari kechaning shohfikri boʻldi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, taniqli shoir Botirjon Ergashev ham yosh qalamkashlarimizni birinchi kitobi chop etilgani bilan muborakbod etib, ularga ijodiy bardavomlik tiladi.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Abdurahmon Pirimqulov esa yoshlarning kitobini shaklu shamoyili, mazmun-mohiyati, yutuq va kamchiliklari xususida atroflicha toʻxtaldi. Ularning oʻziga xos satrlarini oʻqib, kelgusida qanday yoʻl tutishi maqsadga muvofiqligi borasida oʻz maslahatini berdi.

Shuningdek, taqdimot asnosida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi Rahmatilla Sheraliyev, Oʻbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, mohir publitsist Nigora Shofayziyeva hamda Uyushmaning viloyat boʻlimi bosh mutaxassisi Zohidjon Olov kitob chop etilishi jarayoni haqida qisqacha maʼlumot berdi.

Yoshlar ilk kitobi hayajonini bayon etib, kechadan, ustozlar, olimlarning fikridan olgan taassurotlarini samimiy soʻzlari ila izhor qildi.

Taqdimot soʻngida besh nafar kitob muallifiga va Soyim Isʼhoqning farzandlariga atalgan kitoblar, shuningdek, barcha ishtirokchilarga ham yangi toʻplamlardan tuhfa etildi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

«YASHIL» IQTISODIYOT – TARAQQIYOT KAFOLATI

Ma’naviyat va ma’rifat darsiButun dunyo davlatlari qatori, mamlakatimizning ham «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi masalasi eng muhim hayotiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik vatandoshlar «yashil» iqtisodiyotni energetika sohasini isloh qilishdan iborat deb hisoblashadi. Vaholanki, uning ichiga toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar, ekologik barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, o‘rmon hududlarini kengaytiris

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig

24 Mar 13:25
 
87
0
xs.uz

“Har toshi tarixdir qardosh diyorning...”

Badiiyat olamiXabaringiz bor, koʻp yillardan beri 'www.xs.uz' saytimizda xalqning maʼnaviy-ruhiy ozuqasi sanalgan, inson qalbini poklash, tafakkur olamini yoritish, orzu-umidlari roʻyobi sari qanot qoqishdek vazifani zimmasiga olgan badiiy soʻz sanʼati sohiblarining bir-biridan goʻzal va mazmundor ijodiy asarlarini yoritib boramiz.Shu maʼnoda, bugun 'Badiiyat olami' ruknida joylanayotgan sheʼr-u hikoyalar koʻpchilikning qalbidan joy olib, maʼnaviy dunyosini yuksaltirishda kamarbasta bo

20 Mar 12:50
 
66
0
postda.uz

АҲДИДАН ҚАЙТМАГАН «НОРТОЙ»

Ўзбекистонда биринчи фильм 1897 йил «Эски жўва» майдонида кўрсатилган. 1936 йилдан «Ўзбекфильм» киностудиясининг ташкил топиши ўзбек кино санъати ривожини бошлаб берди. Ўзбек халқи орасидан театр ва кино санъатига ихлосманд ёшлар етишиб чиқа бошлади. Ана шундай ижодкорлард