Oʻzbekiston mevalari 31-avgustdan boshlab Rossiyaning Kurgan, Chelyabinsk va Ufa shaharlarining savdo rastalarida sotila boshlaydi


Oʻzbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi iqtisodiy diplomatiya yoʻnalishidagi faoliyati doirasida Rossiyaning Uraldagi yirik shirkatlar bilan aloqalarini rivojlantirib bormoqda, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
Shu maqsadda Oʻzbekiston diplomatlari joriy yilning 15-avgustida Chelyabinsk va Kurgan shaharlariga amalga oshirgan tashriflari doirasida “Metropolis” savdo tarmogʻi (Chelyabinsk, Kurgan va Ufadagi 100 ga yaqin oziq-ovqat doʻkonlariga ega) rahbari Maksim Slavin bilan uchrashuv oʻtkazishdi.
Uchrashuv natijasida Fargʻona viloyati Quva tumani Boʻston qishloq fuqarolar yigʻinidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportiga ixtisoslashgan “Umid agro” MCHJ bilan “Metropolis” savdo tarmogʻi oʻrtasida aloqalar yoʻlga qoʻyildi.
Ikki shirkat oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar natijasida 17-avgustda “Metropolis” savdo tarmogʻiga qarashli “Perekrestok” MCHJ va “Umid agro” MCHJ oʻrtasida 500 million rubl miqdorida shartnoma imzolandi.
Joriy yilning 29-avgustida 20 tonna nektarin navli shaftoli ortilgan birinchi yuk mashina Kurgan shahriga kirib keldi va “Perekrestok” MCHJga qarashli omborxonaga tushirildi.
“Umid agro” MCHJ muassislaridan biri Akmaljon Yigitaliyevning maʼlum qilishicha, navbatdagi yuk mashinasi kecha Fargʻonadan Kurganga qarab yoʻlga chiqqan.
Oʻzbekiston mevalari bugannan boshlab Kurgan, Chelyabinsk va Ufa shaharlarining savdo rastalarida sotila boshlaydi.
Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi
Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom
Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan farmonni imzolaydi
AQSH prezidenti Donald Tramp uzoq kutilgan ijro etuvchi farmonni imzolashi kutilmoqda. Ushbu farmon mamlakat Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan boʻlib, bu uning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy vaʼdalaridan biri hisoblanadi. Farmon matni bilan tanishgan 'Reuters' agentligining xabar berishicha, ushbu qaror demokratlar tomonidan keskin norozilik bilan kutib olingan.Trampning farmoni hali imzolanmagan boʻlsada, bir guruh demokrat shtatlar bosh prokurorlari ushbu qarorni bekor qilish va Ta
Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi
Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.
Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo