Bulungʻur va Baxmal tumanlarini bogʻlovchi zamonaviy koʻprikning foydalanishga topshirilishi Samarqand va Jizzax viloyati ahlining uzogʻini yaqin qildi


Foto: “Xalq soʻzi”
Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanidagi “Erganakli” va “Avliyo Parpi” mahallalarida yangi koʻprik barpo etildi.
Kuni kecha foydalanishga topshirilgan ushbu yangi koʻprik nafaqat Bulungʻurning Erganakli mahallasi ahli, balki Jizzax viloyatining Baxmal tumani Gʻubur mahallasida yashovchilarning ham xursandchiligiga sabab boʻldi. Chunki ikki viloyatni bogʻlagan ushbu koʻprikni hududda yashovchilar oʻnlab yillar davomida kutishgan edi.
Oldingisi oʻtgan asrning 70 yillarida qurilgan boʻlib, umuman yaroqsiz holga kelib qolgandi. Sel-toshqinlar sabab yaroqsiz boʻlgan koʻprik bir necha marotaba taʼmirlandi. Ammo tabiat injiqliklaridan soʻng har gal yana yana avariya holatiga kelib qolaverardi.
— Men 65 yoshga kirgan boʻlsam, bu koʻprikni esimni taniganimdan buyon bilaman. Qishda loy, yozda chang, kichik aravadan boshqa narsa oʻtolmas edi, — deydi “Erganakli” MFY hududida yashovchi oqsoqol Ilhom Uralov. —Mana bugun zamonimizga mos boʻlgan koʻprik xalqimiz xizmatiga topshirildi. Samarqand va Jizzax viloyatlarini bogʻlovchi koʻprik qisqa muddatda sifatli qilib qurib bitkazildi. Bu ikki viloyatda yashayotgan elning katta xursandchiligiga sabab boʻldi.
Temirbeton qorishmali koʻprik qurilishiga 2 mlrd. soʻmdan ziyod byudjet mablagʻi sarflandi. Uning uzunligi 36 metrni, eni 9 metrni tashkil etadi.
Tumanning Avliyo Parpi mahallasida ham yangi koʻprik bunyod etildi.Uning uzunligi 26 va eni 6 metr boʻlib, Tuya tortar kanali ustidan oʻtadi.
Ushbu koʻprik ham byudjet mablagʻlari hisobidan qurilib, qator aholi yashash punktlaridagi muammolarga yechim boʻldi. Xususan, endilikda mazkur koʻprik mahallaning Hotam, Eshon va Quvvat qishloqlari aholisini bir-biriga bogʻlab, uzogʻini yaqin qilishga xizmat qilmoqda.
Ayni vaqtda tumanda mavjud 70 dona koʻprikdan 63 tasi qoniqarli holatda boʻlib, qoniqarsiz 7 ta koʻprikni bosqichma-bosqich taʼmirlash yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarga takliflar kiritilgan.
Dastur asosida bugungi kunda “Fozil Yoʻldosh” massividagi “Bulungʻurariq” arigʻi ustidan oʻtuvchi koʻprik ham zamon talablariga muvofiq barpo etilmoqda. Uni rekonstruksiya qilish Samarqand koʻpriklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan loyihalashtirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, koʻprikni taʼmirlash uchun 1 milliard 900 million soʻm mablagʻ talab etiladi. Hozirda respublika byudjetidan zarur mablagʻ ajratilib, qurilish ishlari boshlab yuborilgan.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV,
(“Xalq soʻzi”).
“Tamaddunlar kesishgan makon” nomli yangi hujjatli filmni suratga olish rejalashtirilmoqda
Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish, unda turli hududlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyaviy merosini kengroq yoritish maqsadida 'Tamaddunlar kesishgan makon' nomli hujjatli filmni tayyorlash ko'zda tutilmoqda.Markaz axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu loyiha doirasida Xorazm vohasi tarixi, boy madaniyati va bu hududda shakllangan sivilizatsiyaviy jarayonlar chuqur o'rganiladi. Tadqiqotlar asosida hujjatli film ssenariysi yozilib, unda qadimiy Xorazmning islomiy ilm-fan,
Shavkat Mirziyoyev turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Shu yil 9-aprelda bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari yurtimizning boy tarixi va madaniyati, ajoyib tabiatidan foydalanib, sayyohlarni hozirgidan 2-3 karra ko'paytirish mumkinligini ta'kidlagan edi.Shunday xushmanzara joylardan biri ' Bo'stonliqdagi 'Chorvoq darvozasi' majmuasi. Prezidentimiz o'tgani yili dekabrda uning qurilishini borib ko'rgan edi, yaqinda loyihaning bi
“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy ke
Serjantlar “Vatanga qasamyod” qilishdi
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Bojxona qo'mitasi Raisi o'rinbosari O.Choriyev, O'zbekiston bojxona xizmati faxriylari, Bojxona organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, tegishli mas'ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda bojxona organlariga bilimli va malakali kadrlarni jalb etish, ularning kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi, yosh xodimlar esa bunga ja