calendar 06 Jun 15:21
eye 71
comments 0
comments Manba: xs

XVF Yangi Oʻzbekistondagi ortga qaytmas islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlashni kengaytiradi

image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Samarqand shahrida Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi.

Oʻzbekiston bilan Xalqaro valyuta fondi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni, jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, pul-kredit va fiskal siyosatni takomillashtirish borasidagi islohotlar kabi ustuvor yoʻnalishlarda yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda XVF bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu davrda fondning 70 dan ortiq missiyasi Oʻzbekistonda boʻldi, ekspert-texnik koʻmak kengayib bormoqda.

XVF rahbari Kristalina Georgiyeva Yangi Oʻzbekistondagi ortga qaytmas islohotlar dasturini toʻliq qoʻllab-quvvatladi hamda uning amalga oshirilishiga bundan buyon ham koʻmaklashishiga tayyorligini bildirdi.

Global iqtisodiyot va barqaror taraqqiyotga oid dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu bilan Oʻzbekiston Prezidentining Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
60
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa

15 Jun 10:46
 
94
0
xs.uz

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan vaziyat, xususan, Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi amalga oshirgan harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirgan rasmiy bayonot eʼlon qildi.'Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.Barcha tomonlarni toʻliq

01 Jul 04:28
 
3
0
xs.uz

Xalqaro kongress markazida davlat mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28-iyundagi farmon va qaroriga muvofiq, yosh avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida bir guruh ilg'or yigit-qizlar 'Kelajak bunyodkori' medali hamda 'Mard o'g'lon' davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.30-iyun ' Yoshlar kunida Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo'ldi.Davlatimiz rahbari so'zining avvalida yigit-qizlarni Yoshlar kuni bilan ta

08 Jun 02:26
 
149
0
xs.uz

FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz