calendar 06 Jun 14:21
eye 75
comments 0
comments Manba: xs

Fargʻonada Xitoy texnologiyasi asosida muzqaymoq ishlab chiqarilmoqda

image

Foto: “Xalq soʻzi”

U ichki bozor raqobatiga dosh bera oladimi?

Fargʻona viloyatining Toshloq tumanidagi “Yoshlar” kichik sanoat zonasida yaqinda ish boshlagan “Ice milk bif” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan keng assortimentdagi muzqaymoqlar tobora xaridorgir boʻlib bormoqda.

Ayni paytda korxonaning sifatli va hamyonbop salqin mahsulotlari butun mamlakatimiz boʻylab savdo tarmoqlari, supermarketlarga yetkazib berilayotir. Ayniqsa, bugungi yozning jazirama kunlarida muzqaymoqqa boʻlgan talab va ehtiyoj har qachongidan ham yuqori. Buni inobatga olgan holda korxona sexlarida qadoqlanayotgan muzqaymoqlar peshma-pesh savdo nuqtalariga yetkazilyapti.

— Istiqbolli loyihani amalga oshirish uchun Xitoydan 6 mlrd soʻmlik zamonaviy uskunalar olib kelib oʻrnatildi,— deydi tadbirkor Fazliddin Dadajonov. — Natijada 30 ta yangi ish oʻrni ochildi, buyurtmachilar talabiga mos 10 turdagi muzqaymoq tayyorlanmoqda. Biz ichki bozorda raqobatga dosh berib, xaridorlar ishonchini qozonishga intilamiz. Bu oson boʻlmaydi, chunki oʻz brendiga ega salqin mahsulot ishlab chiqaruvchilar safi tobora kengayib bormoqda.

Hozirgi kunda “Yoshlar” kichik sanoat zonasida 80 sotix yerda samarali faoliyat koʻrsatayotgan yosh tadbirkor yaqin istiqbolda loyiha doirasida qoʻshimcha tarmoqlarni ishga tushirishni maqsad qilgan. Buning natijasida kelgusida toshloqlik 60 nafar yigit-qizning bandligi taʼminlanadi.

— Tadbirkorlikda zamonaviy yondashuv, innovatsiya, marketing ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega, — deydi F. Dadajonov. — Ayni jihatlarni inobatga olib, yaqin va uzoq muddatli biznes-loyihalarni ishlab chiqqanmiz. Maqsadimiz – xalqimiz didiga mos va xushtaʼm muzqaymoqlar tayyorlashga qaratilgan.

Taʼkidlash oʻrinliki, joriy yilning birgina may oyida korxonada 60 tonna muzqaymoq tayyorlanib, ulgurji narxlarda xaridorlarga yetkazildi va shu hisobdan 200 mln soʻm daromad olindi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
27
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali gaplashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda bir-birini va doʻst xalqlarimizni muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasidagi faol muloqo

15 Jun 10:46
 
36
0
xs.uz

Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi

Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be

17 May 21:46
 
56
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozogʻiston xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash

13 Jun 00:36
 
26
0
xs.uz

Rossiya Ichki ishlar vaziri foyda keltirmaydigan migrantlarni davlatdan chiqarib yuborishga chaqirdi

Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev Rossiya uchun 'foydasiz' boʻlgan migrantlar mamlakatni tark etishi lozimligini aytdi. Bu haqda 'RBK' xabar qildi.'Koʻchalarda va turar joy sektorida noqonuniy migrantlar boʻlmasligi kerak. Ishini yoʻqotganlar, OTMdan haydalganlar, daktiloskopiyadan oʻtmaganlar, til oʻrganmayotganlar, Rossiya jamiyatiga foyda keltirmayotganlar mamlakatimizni tark etishi kerak', degan vazir.IIV rahbari masʼullarni migrantlar oʻrtasidagi jinoyatchilikka qarshi