calendar 03 Jun 17:27
eye 43
comments 0
comments Manba: xs

Aholi muammolari hal etilmoqda

image

Davlatimiz rahbari tomonidan tuzilgan Respublika ishchi guruhi Andijon, Xorazm va Toshkent viloyatlarida aholi uchun dolzarb boʻlib turgan muammolarni hal etish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Andijon viloyatida

“Qizil hudud”ga kiritilgan mahallalar holatini yaxshilash maqsadida 2023-yilda dasturlarga tushmagan ichki tuproq yoʻllarga tosh-shagʻal yotqizish maqsadida viloyatning 12 ta mahallalarida 80,4 km yoʻllar tanlab olinib, toʻliq shagʻallashtirildi. Ichki yoʻllarning jami 289,8 km qismi taʼmirlandi.

Aholiga 6 247,3 tonna qoʻshimcha suyultrilgan gaz yetkazib berildi. 16,4 km ichimlik suvi tarmogʻi tortildi, 3 ta tik quduq (skvajina) qayta tozalandi, 1 dona suv minoralari oʻrnatildi, 52 ta suv nasoslari taʼmirlanib qayta oʻrnatildi, 12 ta suv nasoslari yangilandi. 120 ta yangi elektr ustunlar oʻrnatildi, 176 ta transformator mukammal taʼmirlandi, 388,7 km elektr uzatish tarmoqlari joriy taʼmirlandi va 29,9 km yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi.

Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasidan may oyida 1 140 nafar fuqaroga 49 429,2 mln. soʻmlik yordam koʻrsatildi;

Ayollar daftari” dagi 10 604 nafar xotin-qizlarga 6 036,6 mln. soʻm, “Yoshlar daftari” dagi 1 577 nafar fuqaroga 2 413,7 mln. soʻmlik yordam koʻrsatildi.

Viloyatda oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar davomida 230 287 nafar fuqarolar qamrab olindi, 81 698 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlanib, 1 768 nafari (viloyat, shahar, tuman miqiyosidagi) shifoxonalarga yotqizildi. 131 nafar ehtiyojmand fuqarolarga jami 147,7 mln. soʻmlik reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi.

Xorazm viloyatida

Fuqarolar murojaatlarida uy-joy, koʻchmas mulk buzilishi evaziga kompensatsiya toʻlab berilmagani yuzasidan muammo oʻrganilib, 42 nafar fuqaroga 9,1 mlrd. soʻmlik kompensatsiya pullari toʻlab berilishi boʻyicha Xorazm viloyati hokimining farmoyishi qabul qilindi.

Aholi roziligini taʼminlash maqsadida qisqa vaqt ichida barcha kuch va vositalarni jalb etgan holda ichki yoʻllarni shagʻallashtirish boʻyicha ishlar tashkil etildi. Respublika va mahalliy byudjetdan 4 mlrd. soʻm mablagʻ jalb etilib, masʼul tashkilotlar ishtirokida viloyat Shtabi tuzildi va jami 100 km ichki yoʻllarni shagʻallashtirish ishlari boshlandi. Shundan jami 18,8 km qismi taʼmirlandi.

Aholiga 309,6 tonna qoʻshimcha suyultrilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 93 ta temir beton tayanchlar, 2 ta transformator oʻrnatildi, 1,0 km tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 0,5 km tarmoq tortildi, 0,2 km oqova suv quvuri almashtirildi va 1 ta transfarmator, 2 ta zulfin yangidan oʻrnatildi, 2 ta nasos taʼmirlandi. 9 ta tuman (shahar)dagi 40 ta koʻp qavatli uylarda taʼmirlash, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Hududlarda oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar natijasida 34 304 nafar fuqarolar qamrab olindi, 10 420 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan boʻlib, 785 nafari shifoxonalarga yotqizildi. Yuqori texnologik operatsiyalarga muxtoj 9 nafar bemorga Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida davolanish uchun order berildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 1 438 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 57,5 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Jumladan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 608 nafar fuqaroga 15,6 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi.

Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 106 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan 416,7 mln. soʻmlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.

Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasidan “Temir daftar” roʻyxatidagi
67 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 325,9 mln. soʻmlik yordam koʻrsatildi. “Ayollar daftari” roʻyxatidagi 485 nafar xotin-qizlarga 433,2 mln. soʻmlik amaliy yordam koʻrsatildi. “Yoshlar daftari” roʻyxatidagi 163 nafar fuqarolarga 506,4 mln. soʻmlik yordam koʻrsatildi.

Toshkent viloyatida

Jami 30,4 km ichki yoʻllar shagʻallashtirildi, 3,8 km ichki xoʻjalik yoʻllariga asfalt qoplamasi yotqizildi. Aholiga 94,4 tonna qoʻshimcha suyultrilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 220 ta temir beton tayanchlar yangilandi hamda 21,5 km tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 2 150 metr ichimlik suvi tarmogʻi tortildi.

Bekobod shahri, Chinoz, Quyi Chirchiq hamda Toshkent tumanlarida maqsadli tibbiy koʻrik tashkil etilib, ushbu koʻrik davomida 883 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlangan. Tibbiy koʻriklarda kasallik aniqlangan 841 nafar bemorlarga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 42 nafar bemorlarga tuman va viloyat muassasalarida davolanish uchun yoʻllanmalar berildi.

Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan muassasalari mutaxassislari tomonidan 20 nafar bemorlarga yuqori texnologik operatsiyalari oʻtkazildi va iyun oyining oxiriga qadar yana 72 nafar bemorga operatsiya rejalashtirildi. Viloyatda 66 nafar ehtiyojmand fuqarolarga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi.

Tijorat banklari tomonidan 2 378 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 180 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 633 nafar fuqaroga 15,5 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar, uy-joy sotib olish uchun 91 nafar fuqaroga 15 mlrd. soʻm kredit hamda taʼlim krediti yoʻnalishida 6 nafar fuqaroga 45 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.

Shuningdek, viloyatda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida hokim yordamchilari tomonidan 580 nafar fuqaroga jami 14,6 mlrd. soʻm miqdorida kredit ajratish uchun tavsiyanoma berilib, kredit ajratib berildi. Bundan tashqari, “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarma”si mablagʻlari hisobidan 67 nafar fuqaroga jami 271,2 mln. soʻm miqdorida subsidiya mablagʻlari hisobidan tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun tikuv mashinalari yetkazib berildi.

Hududlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama tahlil qilish va hal etish maqsadida aniq moliyalashtirish manbalari, ijro muddatlari va masʼul ijrochilar belgilangan holda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.

Keyingi bosqichda Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Toshkent shahri, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlarida davom ettiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 15:15
 
57
0
xs.uz

Fargʻonada tailandlik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi

Tailand qirolligi tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari departamenti direktori Psusist Vongsuravat boshchiligidagi Tailand delegatsiyasida tibbiyot, turizm, savdo, transport va logistika, energetika sohalarida faoliyat olib borayotgan 7 ta yirik kompaniyaning 20 ga yaqin vakillari bor.' Ayni paytda viloyatda Tailand investitsiyasi ishtirokida 4 ta korxona tashkil etilgan, ' deydi Savdo-sanoat palatasi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Azimjon Yulda

08 Sep 16:44
 
7
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” kelgusi hafta avvalida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 9-sentyabrda 22-27 daraja; 10-11-sentyabrda 25-30 daraja boʻladi.Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻi

26 Jul 10:21
 
58
0
xs.uz

Koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik… Deputat “infoqallob”ga qattiq choralar koʻrilishini soʻramoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan majlisida 'Taʼlim faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida'gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 'Milliy tiklanish' partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tashabbus maʼruza oʻqib, oson pul topish yoʻllarini oʻrgatishga vaʼda bergan shaxs (infoqallob) larga qarshi kurashishga qaratilgan.'Bunday tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va madaniyatiga turli y

26 Jul 10:20
 
36
0
qalampir.uz

Dollar kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga oshdi va 12 634,00 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 23,61 so‘mga ko‘tarilib, 13 710,42 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 2,51 so‘mga oshib, 148,62 so‘mni tashkil etdi.