FAO Oʻzbekistonda oʻrmonlarning raqamli inventarizatsiyasini joriy etishga koʻmaklashmoqda


Foto: “Xalq soʻzi”
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiiy resurslar vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, “Oʻrmonloyiha” loyihalash instituti va Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Toshkent viloyatida oʻrmon hududlarini raqamli va geoaxborot (GIS) texnologiyalari yordamida oʻrganish boʻyicha dala treningi tashkil etildi. Dala mashgʻulotlarida Kitob, Dehqonobod, Pop va Sirdaryo oʻrmon xoʻjaliklari mutaxassislari ishtirok etdilar. Mashgʻulotlarni FAOning xalqaro maslahatchisi, kanadalik GIS eksperti Nadiya Muratova olib bordi.
GIS texnologiyalari — oʻrmon xoʻjaligi faoliyatini boshqarish jarayonlarini osonlashtiradigan vositadir. Ular yordamida olingan maʼlumotlar oʻrmonlarni elektron xaritalarda saqlash va doimiy yangilab borishni maqbullashtirishga imkon beradi. Zamonaviy dasturiy taʼminot oʻrmon ekotizimlarini yaxshiroq tahlil qilish, oʻrmon yerlarini inventarizatsiya qilish va monitoring ishlarini olib borish uchun ishlatiladi.
Oʻrmon xoʻjaligi faoliyatiga raqamli texnologiyalar va GIS vositalarini joriy etish FAOning “Oʻzbekiston togʻ va vodiy oʻrmonlarini barqaror boshqarish” loyihasining muhim vazifalaridan biridir. Loyiha Global Ekologik Jamgʻarma (GEF) tomonidan moliyalashtirilmoqda va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiiy resurslar vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Trening davomida ishtirokchilar oʻrmon hududlari atrofidagi oʻrmonlar va oʻsimliklar, yerdan foydalanish turlari, oʻrmon resurslarining taksometrik xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot toʻplashning zamonaviy usullarini oʻrganishdi. Mutaxassislarga FAO tomonidan ishlab chiqilgan “Dala ishlari boʻyicha qoʻllanma: sinov maydonlarida tekshirish va oʻlchash usullari” taqdim etildi. Bundan tashqari, trening ishtirokchilari dala kompyuteri, shaxsiy navigatsiya moslamalari, lazer masofa oʻlchagich va elektron “kaliper” kabi jihozlardan foydalanish bilan tanishdilar. Oʻrmonlarni tahlil qilish boʻyicha tavsiya etilgan zamonaviy usullari xalqaro hisobot standartlariga asoslanganligi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmonlarini Milliy inventarizatsiyasini oʻtkazishda samarali vosita boʻlishi qayd etildi.
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y
Mahsuloti xorijnikidan qolishmaydigan korxona
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay sharoit tufayli mahalliylashtirish orqali import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish koʻlami ortdi. Bu ichki bozordan ortinib, xorijga eksport salohiyatini kengaytirish imkonini bermoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidagi 400 ga yaqin eksportchi korxonalar tomonidan 149,4 mln. AQSH dollariga teng qiymatdagi mahsulot eksport qilindi. Bunda Jalaquduq tumanidagi 'SPZ-Bearings' Oʻzbekiston-Ro