calendar 02 Jun 12:52
eye 40
comments 0
comments Manba: zarnews

Sanoat yarmarkasida ilk bor oltin buyumlari ko'rgazmaga qo'yildi

image

Xabar qilganimizdek, 30-31 may kunlari Jomboy tumanidagi "Sof Expo Samarkand" ko'rgazmalar majmuasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Samarqand sanoatchilari forumi o'tkazildi.

Ko'rgazmada 300 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar 1700 dan ortiq mahsulot turlari va yoshlarning startap loyihalari, ilmiy ishlanmalar namoyishlari ham tashkil qilingan.

Ko'rgazma turizm, elektrotexnika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari, charm-poabzal sanoati, mebelsozlik, oziq-ovqat sanoati, gilam mahsulotlari va boshqa yo'nalishlarda faoliyat yurituvchi korxonalar o'z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Yarmarka davomida o'zaro manfaatli shartnomalar imzolash, xorijiy va mahalliy investorlar bilan hamkorlik kelishuvlari tuzish, 2022 yil yakuni bo'yicha "Eng yirik sanoat loyihasi", "Mahalliylashtirish dasturining eng faol korxonasi", "Eng namunali eksportyor" kabi turli nominatsiyalar ham tashkil etildi.

Ko'rgazmada doirasida "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi tadbirkorlikni kengaytirish uchun yangi hududlardagi yer maydonlari bo'yicha axborotlar, bojxona boshqarmasi import qilinayotgan va mahalliylashtirish imkoni bo'lgan mahsulot, xomashyo va materiallar ro'yxati va namunalarini namoyish etishdi. "Samarqandgeologiya" davlat unitar korxonasi viloyatimizdagi mineral resurslar zaxiralari, ulardan qurilish va boshqa sohalarda foydalanish imkoniyatlarini namoyish qilishdi. Viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi yangi investitsion loyihalar takliflari bilan tushuntirishlar berdi.

Bu galgi ko'rgazmada yirik va yangi tashkil etilgan, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar ham o'z mahsulotlarini namoyish etdi.

Yarmarka mahsulotlari bilan tanishish uchun mahalliy hokimliklar va sektor vakillari, tadbirkorlikka masʻul rahbar va xodimlar, shuningdek, viloyatimiz va qo'shni viloyatlarning mahallalardagi hokim yordamchilari ham keldi. Forumda "O'zavtosanoat" va "O'zeltexsanoat" korxonalari mahalliylashtirishga qaratilgan import o'rnini bosadigan mahsulotlari bilan mahalliy tadbirkorlarni sanoat kooperatsiyasi asosida hamkorlikka taklif etdi. Shuningdek, sanoatchilar forumida viloyatimiz va mamlakatimiz sanoati uchun dolzarb masalalar muhokamalari uchun panel sessiyalari ham o'tkazildi.

Ushbu ko'rgazma yirik korxonalar va katta loyihalarning jalb etilgani bilan ahamiyatli bo'ldi. Shuningdek, ko'rgazma doirasida ilk bor oltindan tayyorlangan buyumlar namoyishi ham o'tkazildi.

- O'zbekiston zargarlik sanoatini rivojlantirish uchun katta imkoniyatga ega, buning uchun Davlatimiz rahbarining tegishli qarorlari qabul qilindi, soha rivoji uchun yengilliklar yaratildi, - deydi "ST TILLO KORI" masʻuliyati cheklangan jamiyati rahbari Daler Shodiqulov. - O'zbekiston oltinini birja orqali xarid qilishda ham hyech qanday cheklovlar yo'q. Shu bois 2018 yilda korxona tashkil qilib, zargarlik buyumlari, tilla taqinchoqlar, Registon maydonining kichik nusxalarini yaratishni boshladik. 2022 yilda Hindistondan 6 nafar usta zargarni jalb qilib, 2 nafar shogird biriktirdik. Ular to'liq qo'l mehnati bilan 585 va 916 probali bejirim tilla taqinchoqlar yasashmoqda. O'zbekistonning paxta, g'allasi, bog' va mevalari tasviri tushirilgan tilla taqinchog'imiz shu oyda Toshkent shahrida o'tkazilgan zargarlik ko'rgazmasida zargarlarning eʻtirofiga sazovor bo'ldi. Ko'rgazmada ishtirok etgan Dubaydagi hamkorlarimiz ham o'zbek zargarlari va korxonamiz mahsulotlarini yuqori baholashdi.

Hozirda zargarlik buyumlarini Turkiya va AQShga eksport qilyapmiz, yaqinda esa Germaniyaga ham sotish boshlanadi. Keyingi yildan adras, atlas nusxada tilla taqinchoqlar yasashni yo'lga qo'ymoqchimiz.

Shuningdek, ko'rgazmada milliy kashtachilik, zardo'zlik, sopol buyumlar, cholg'u asboblari, qo'l mehnati namunalari ham namoyish etildi.

 O'ktam XUDOYBERDIEV,

 Alisher ISROILOV olgan suratlar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
45
0
xs.uz

Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi

Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa

20 Mar 12:55
 
62
0
xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres

16 Apr 09:12
 
25
0
xs.uz

Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi

Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi

04 Apr 16:20
 
46
0
xs.uz

AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi

Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.