calendar 29 May 14:24
eye 79
comments 0
comments Manba: xs

Yaponiya bosh vaziri shov-shuvli suratlar tarqalishi ortidan oʻgʻlini ishdan boʻshatdi

image

Foto: Reuters

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida oʻgʻlini qarorgohdagi ziyofatdan olingan suratlar uchun ishdan boʻshatdi.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida otasining rasmiy qarorgohidagi ziyofatdan bahsli suratlarni ommaviy axborot vositalarida chop etishi ortidan oʻgʻlini kotiblik lavozimidan boʻshatdi. Bu haqda “The Japan Times“ nashri xabar bermoqda.

Oʻtgan haftada qarorgohdagi ramziy joylarda suratga olingan Setaro Kisida va uning qarindoshlarining suratlari OAVda tarqaldi. Ular orasida imperator tomonidan tasdiqlanganidan keyin vazirlar mahkamasi aʼzolarining rasman suratga olinadigan asosiy zinapoyada tushilgan surat ham bor. Hukumat avvaliga bosh vazir oʻgʻlining xatti-harakati uchun tanbeh berganini taʼkidladi.

Biroq Kisida oʻgʻlining qilmishi siyosiy kotibga toʻgʻri kelmasligini aytib, uni ishdan boʻshatdi.

“Men oʻz vazifamni xalq ovoziga diqqat bilan quloq solib, kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni hal qilishga intilaman”, deya izoh berdi u oʻz qaroriga.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:28
 
7
0
xs.uz

Tramp Isroilning ichki ishlariga aralashishda ayblandi

AQSH prezidenti Donald Tramp korrupsiyada ayblanayotgan mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayonini toʻxtatishni talab qilib, Isroilning ichki ishlariga aralashmoqda. Bu fikrlarni AQSHning Isroildagi sobiq elchisi Den Shapiro aytib oʻtdi.'Bu Trampning imperatorlik majmuasining namoyonidir. U Fordoga bomba tashlab, Isroilga yordam berib, Isroil sudyalariga nima qilishini ayta olaman deb oʻylaydi', ' deydi diplomat.Sobiq elchining qoʻshimcha qilishicha, bu holat AQSHning Isr

15 Jun 20:14
 
99
0
xs.uz

“ChatGPT”dan foydalangan talabalar qoʻlga tushmoqda

Buyuk Britaniyada 'ChatGPT' va boshqa sunʼiy intellekt vositalaridan notoʻgʻri foydalanish holatlari tobora kuchaymoqda. 'The Guardian' nashri oʻtkazgan surishtiruvga koʻra, 2023'2024 oʻquv yilida universitetlarda akademik halollik qoidalarini buzish bilan bogʻliq deyarli 7 mingta holat aniqlangan. Bu har ming talabaga 5,1 ta holatdan toʻgʻri keladi. Solishtirish uchun, oʻtgan yili bu koʻrsatkich atigi 1,6 tani tashkil qilgan edi. Mutaxassislar fikricha, bu raqam yil oxirigacha 7,5 ta

13 Jun 00:39
 
84
0
xs.uz

Isroil hujumiga Eronning javob zarba berish rejasi tayyor — “The New York Times”

Eron Isroil tomonidan hujum sodir etilgan taqdirda yahudiy davlatiga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda javob zarbasi berish rejasini ishlab chiqqan.Bu haqda AQSHning 'The New York Times' gazetasi yuqori martabali Eron rasmiysiga tayanib xabar tarqatdi.'Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroilning ehtimoliy zarbasiga javob choralarini muhokama qilish uchun allaqachon uchrashishgan. Tehron Isroilga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda zudlik bilan qarshi hujumni oʻz

31 May 08:50
 
44
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning