calendar 28 May 06:52
eye 55
comments 0
comments Manba: zarnews

Badminton sport turi bo'yicha viloyat birinchiligi o'tkazildi

image

2007 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi o'g'il va qiz bolalar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha viloyat birinchiligi o'tkazildi.

Samarqand shahridagi Sportning o'yin turlari va yengil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi sport inshootida tashkil etilgan musobaqada tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan 100 nafardan ziyod ishtirokchilar shaxsiy, juftlik va aralash juftlik bahslari bo'yicha g'oliblik uchun bellashdilar.  

Musobaqa yakunida quyidagilar musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.

Shaxsiy birinchilikda o'g'il bolalar o'rtasida B.O'ralov va qiz bolalar o'rtasida M.Hazratqulova;

Juftlik bahsida o'g'il bolalar o'rtasida Sh.Suvonqulov, I.Mo'minov juftligi va qiz bolalar o'rtasida S.Nuriddinova, N.Nematullayeva jufligi;  

Aralash juftlik bahslarida A.Suyarov va M.Qarshiboyevalar jufligi birinchi o'rinni egalladi.

G'olib va sovrindorlar O'zbekiston "Yoshlik" JTSJ viloyat bo'limi tomonidan I, II, III darajali diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
45
0
postda.uz

CHEMPIONATDA VAKILLARIMIZ MUNOSIB O‘RIN OLISHDI

Buxoroda o‘tkazilgan sportning sambo va jangovar sambo turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. 21 ta vazn toifasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan 365 nafar sportchilar orasida Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, sportning sambo turida 88 kg vazn toifasida serjant Xudoyor Ibroimo

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

21 Apr 08:34
 
383
0
xs.uz

Taniqli futbol mutaxassisi Bahodir Davlatov vafot etdi

Uzoq yillar davomida turli jamoalarda murabbiylik qilgan, Oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshgan mutaxassis Bahodir Davlatov vafot etdi. Bu haqida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.Bugun, 18-aprel kuni uzoq yillar davomida turli jamoalarda murabbiylik qilgan, Oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshgan sobiq professional futbolchi Bahodir Davlatov 60 yoshida olamdan oʻtdi.Bahodir Boyjonovich Davlatov 1964-yilning 15-iyul kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer tumanida tugʻilgan. U futbol

21 Apr 08:34
 
392
0
xs.uz

Messi kelajagiga aniqlik kiritdi

Argentina terma jamoasi va AQSHning 'Inter Mayami' klubi hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi jahon chempionatida terma jamoa tarkibida oʻynashni xohlashini tan oldi.'Aytganimdek, bor eʼtiborimni hozirgi kunga qaratganman, lekin jahon chempionati haqida oʻylamaganman desam, yolgʻon gapirgan boʻlaman. Ha, men u haqida oʻylayman. Bu yil mening kelajagim haqida qaror qabul qilishda asosiy boʻladi. Men toʻgʻri ritmni, izchillikni topmoqchiman', ' deydi futbolchi.2026-yilgi jahon chempionati k