Buxoroda o‘tkazilgan sportning sambo va jangovar sambo turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. 21 ta vazn toifasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan 365 nafar sportchilar orasida Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, sportning sambo turida 88 kg vazn toifasida serjant Xudoyor Ibroimov birinchi, 79 va 71 kg vazn toifalarida serjantlar Umid Abdullayev hamda Ubaydullo Mo‘minov ikkinchi o‘rinlarni egallashdi.
Shuningdek, sportning jangovar sambo turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda ham vakillarimiz faol qatnashdi. Katta serjantlar Sharif Qo‘shayev (71 kg vazn toifasida) hamda Suxrob Ergashov (79 kg vazn toifasida) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. G‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar, diplom va medallar bilan taqdirlandi.
A.ZAYNIYEV,
safdor.
Buxoro viloyati.
“Universiada — 2025” g‘olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi
Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati, oliy ta'lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.Musobaqada g'alaba qozongan va sovrindor bo'lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta'lim muassasalarining mehnati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida
Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz
Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.
Voleybol bo‘yicha «Millatlar ligasi» musobaqasi boshlandi
Ushbu musobaqada Eron, Hindiston, Pokiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston hamda O'zbekiston jamoalari o'raro kuch sinashadi.Ushbu nufuzli musobaqaning ilk uchrashuvi ' Eron va Hindiston terma jamoalari o'tasida bo'lib o'tdi. Shiddatli kechgan bahsda Eron terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.Musobaqalar davom etmoqda.''
“Manchester Siti” klublar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun tarkibni eʼlon qildi. Unda Husanovga joy topildimi?
Angliyaning 'Manchester Siti' klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida jamoasi sharafini himoya qiladigan futbolchilarning roʻyxatini tasdiqladi.Unda avvalroq klubdan ketishini eʼlon qilgan Kevin De Bryuyne, 'Milan'dan qaytgan Kayl Uoker va yarim himoyachi Jek Grelish kiritilmagan. Bu futbolchilarning oʻrniga tarkibda jamoaga yangi kelganlar ' 'Lion'dan koʻchib oʻtgan Rayan Sherki, avval 'Milan' sharafini himoya qilgan Teyani Reynders va oʻtgan mavsum 'Vu