calendar 26 May 16:21
eye 59
comments 0
comments Manba: xs

Qo‘mita navbatdagi yalpi majlis kun tartibidagi masalalarning ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan jihatlariga e’tibor qaratdi

image

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Shu kunlarda Oliy Majlis Senati qo‘mitalarida navbatdagi yalpi majlis kun tartibi doirasida muhokama etiladigan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, Qo‘mita ekspertlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni muhokama qildilar. 

Mazkur hujjat bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan jalb etilgan xorijiy mutaxassislar 2027-yil 1-oktabrga qadar konsullik yig‘imi, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi yuzasidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Qo‘mita a’zolari bunday imkoniyat albatta ta’lim jarayonlarini jahon andozalariga moslashtirish, ta’lim tizimiga xalqaro tajribani joriy etish, yangi pedagogik texnologiyalarni milliy ta’lim tizimiga integratsiya qilishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi. 

Shuningdek, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Muhokama jarayonida hisobotda keltirib o‘tilgan maqsadli guruhlar uchun maxsus ta’lim dasturlari asosida joylarda uchrashuv va muloqotlar hamda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilganiga alohida e’tibor qaratildi. 

Xususan, umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirishga doir tadbirlar ko‘lami kengaytirilgan. Mamlakatimiz bo‘yicha 2022-yil mart-may va oktabr-noyabr oylarida 5-11 sinf o‘quvchilari uchun “Moliyaviy savodxonlik oyligi” loyihasi amalga oshirilgan. Loyihada 253 ta umumta’lim muassasasidagi 799 o‘qituvchi va 24 mingga yaqin maktab o‘quvchilari ishtirok etgan. 19 ta tijorat banklari tomonidan 3 106 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida 270 863 nafar 5-11 sinf o‘quvchisi uchun 6 033 ta ochiq dars tashkil etilgan. 

Senatorlar bu kabi tadbirlar qamrovini kengaytirishga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Majlis yakuni bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
48
0
xs.uz

Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi

Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo

16 Apr 09:11
 
37
0
xs.uz

Jangchi qizning jasorati

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Bundan roppa-rosa bir asr avval, yaʼni 1925-yilning yoz oylari. Ukrainaning Xarkov viloyati, Volchanskiy tumanidagi Verxniy Saltov qishlogʻida istiqomat qilayotgan ziyoli oilalarning birida qizaloq dunyoga keldi. Oila boshligʻi Andrey Ivanovich Pixota maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlardi. U farzandlarini ham ilmli, ziyoli insonlar etib tarbiyalashga katta eʼtibor qaratdi. Xususan, qizaloq Vera besh yoshidan nemis tilini oʻrgana boshladi. U 10 ' 12 yoshlar

24 Mar 13:25
 
67
0
xs.uz

Farg‘ona shahrining Yuksalish ko‘chasi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirildi

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, bu ko'chada 3 ta chorrahada 22 dona 'aqlli' sfetofor, ko'chaning 2 tomonidagi piyodalar yo'laklariga 1,6 km. uzunlikda taktil qoplamalar, piyodalar o'tish yo'laklarida ko'cha to'siqlari o'rnatildi.Shuningdek, chorrahalarda piyodalar o'tish yo'laklari maxsus bo'yoq bilan qoplandi, mavjud binolarning kirish qismlari eshiklar atrofi kontrast rangli ogohlantiruvchi tasmalar bilan to'liq jihozlandi, yo'laklarda yangi panduslar qurildi, avtobus bekati nogir

24 Mar 13:25
 
88
0
xs.uz

Andijonda “Matiz” ikki bolani urib yubordi

Andijon viloyati Asaka tumanida 'Matiz' ikki nafar bolani urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea Asaka tumani Yuksalish MFY hududidan oʻtgan D-105E Asaka'Humo avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 44 yoshli A.O. oʻzining 'Matiz' rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.YTH oqibatida tan j