Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida Markaziy Osiyo huquqiy forum oʻtkazildi


Foto: TXVU Axborot xizmati
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Oʻzgarishlar davrida huquqiy asoslar: Markaziy Osiyo, Yevropa, Buyuk Britaniya va dunyo hamjamiyati hamkorligi” mavzusida Markaziy Osiyo huquqiy forumi oʻtkazildi.
Forum Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevropa va dunyo hamjamiyati bilan savdo aloqalarining huquqiy sohadagi rivoji va istiqbollarining tahliliga bagʻishlandi.
Uning doirasida Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro savdo borasidagi amaldagi qonunchiligi tahlili va Oʻzbekistonning bu boradagi strategiyasi koʻrib chiqildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadlaridan xalqaro savdo huquqi borasidagi yangi yoʻnalishlarni aniqlab, bu boradagi muammolar yechimi borasidagi yagona yondashuvni ishlab chiqish boʻldi. Anjuman doirasida tadqiqotchilar, huquqshunoslar va ushbu sohaga aloqador boʻlgan chet ellik mutaxassislar xalqaro savdo huquqi sohasida mavjud boʻlgan boshqarish modellari hamda uning Oʻzbekiston, Yevropa, Buyuk Britaniya va dunyo miqyosida qoʻllanish amaliyotini muhokama qilishdi. Forumda “Iqtisodiy sanksiyalar: Xalqaro arbitrajdagi yangi muammolar”, “Investitsiyalarni himoya qilish tizimi va barqaror rivojlanish”, “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi: qogʻozda va amalda” mavzularida maʼruzalar taqdim etildi.
Anjumanda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ijrochi direktori Eldor Tulyakov, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Islombek Rustambekov va bir necha boshqa davlat muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Forumning asosiy spikerlari sifatida Angliyaning Liverpul universitetining Xalqaro iqtisodiy huquq boʻyicha professori Mavluda Sattorova, shuningdek, global miqyosda 77 ta mamlakatda faoliyat yurituvchi va tasarrufidagi huquqshunoslar soni boʻyicha dunyoning eng yirik xalqaro huquqshunoslik kompaniyasi — “Denton” vakila Diyora Ziyayeva va bir qator boshqa xalqaro ekspertlar qatnashdi.
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y
Mahsuloti xorijnikidan qolishmaydigan korxona
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay sharoit tufayli mahalliylashtirish orqali import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish koʻlami ortdi. Bu ichki bozordan ortinib, xorijga eksport salohiyatini kengaytirish imkonini bermoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidagi 400 ga yaqin eksportchi korxonalar tomonidan 149,4 mln. AQSH dollariga teng qiymatdagi mahsulot eksport qilindi. Bunda Jalaquduq tumanidagi 'SPZ-Bearings' Oʻzbekiston-Ro