calendar 26 May 12:21
eye 60
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekistondagi metanolni olefinga aylantirish gaz kompleksini yangi ishlab chiqarish quvvatlari hisobidan kengaytirish rejalashtirilmoqda

image

Oʻzbekistondagi MTO texnologiyasi asosida ishlovchi gaz-kimyo kompleksi – polimer ishlab chiqarish boʻyicha Markaziy Osiyodagi innovatsion yetakchilardan biri hisoblanib, Air Products kompaniyasi bilan gazni sanoat darajasida qayta ishlash toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi. “Metanol oroli” nomi bilan tanilgan ushbu inshoot yiliga 1,34 million tonna quvvatga ega boʻladi va Oʻzbekistonda metanoldan olefin ishlab chiqarish boʻyicha gaz-kimyo kompleksi tarkibiga kiradi.

Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi erkin iqtisodiy zona hududida bunyod etilajak zavod 15 gektar maydonni egallaydi. Uni 2025-yilda ishga tushirish moʻljallangan boʻlib, ekspluatatsiya muddati – 25 yil.

Tabiatga ziyon yetkazish darajasi yuqori boʻlgan koʻmirdan foydalanadigan boshqa MTO korxonalaridan farqli oʻlaroq, dunyodagi ilgʻor innovatsion texnologiyalar asosida ishlaydigan Oʻzbekistondagi MTO gaz-kimyo kompleksi mamlakatda qazib olinib, qoʻshilgan qiymat koʻrsatkichlari past boʻlgan tabiiy gazni yuqori darajadagi qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida chuqur qayta ishlash uchun moʻljallangan boʻlib, yiliga ishlab chiqarish quvvati 1 110 000 tonnadir.

MTO gaz-kimyo kompleksi quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan:

— Polipropilen (yiliga 250 000 tonna) – sunʼiy tolalar, elektrotexnika mahsulotlari va avtomobil qismlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.

— Past zichlikdagi poliyetilen (yiliga 80 000 tonna) — quvurlar, izolyatsiya materiallari, qadoqlash va oziq-ovqat mahsulotlari uchun moʻljallangan kleyonka hamda va shakl andozalarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi.

— Etilenvinilasetat (yiliga 100 000 tonna) – pol qoplamalari, poyabzal va sport uskunalarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.

— Poliyetilen tereftalat (yiliga 300 000 tonna) – idishlar, plyonka va sintetik tolalarni ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin.

— Yuqori zichlikdagi poliyetilen (yiliga 280 000 tonna), undan quvur va armatura, bochkalar va yonilgʻi qutilari, muzlatgich idishlari, himoya dubulgʻalari , mebel jihozlari ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.

Mahalliy ishlab chiqarish Oʻzbekistonga iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, importning oʻrnini bosish va mahsulotlarni boshqa mintaqalarga eksport qilish borasidagi maqsadlarga erishishga yordamlashadi.

Metanol zavodi metanol, vodorod va boshqa sanoat gazlari, xususan, kislorod va azot kabilarning barqaror yetkazib berilishini taʼminlab, ular MTO gaz-kimyo kompleksining ishlab chiqarish jarayonlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

MTO gaz-kimyo kompleksi Bosh direktori Masrur Shakirov shunday dedi:

“Biz dunyoda sanoat gazlarini ishlab chiqarish sohasi yetakchisi boʻlgan Air Products kompaniyasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Air Products yuqori sifat va talab qilinadigan mahsulot hajmini kafolatlay oladigan, samaradorligi isbotlangan yechimlarning ishonchli taʼminotchisi sifatida oʻzini namoyon qilib ulgurgan. Air Productsning investitsiyalari xalqaro kompaniyalarning Oʻzbekistondagi sanoat rivojlanishi bilan bogʻliq imkoniyatlarga boʻlgan qiziqishi yuqori ekanini namoyish etadi”.

Rasmiy imzolash marosimi Toshkent Kongress Xoll da boʻlib oʻtdi.

Zavod qurilishi yakunlangach, Methanol Island hududida quyidagi ishlab chiqarish quvvatlari joylashadi:

— Asosan, vodorod, kislorod va azot ishlab chiqariladigan Vodorod ishlab chiqarish va Havo ajratish qurilmalari.

— Sintetik gaz ishlab chiqarish va uni metanolga aylantirish uchun moʻljallangan Metanol qurilmasi. Jarayon “Haldor Topsoe” kompaniyasi texnologiyasiga asoslanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
31
0
xs.uz

2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi

2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil

12 Apr 21:15
 
51
0
xs.uz

Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda

Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida 'Pravda' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harb

23 Mar 16:44
 
74
0
xs.uz

UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyidagi Irlandiya prezidentlik saylovlarida prezidentlik uchun oʻz nomzodini ilgari surmoqchi. Bu haqida 'Newsweek' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, UFC jangchisi Irlandiya prezidentligiga saylansa oʻz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida boshpana izlovchilarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishiga qarshilik koʻrsatishga vaʼda bergan.'Irlandiya 2026-yil 12-iyungacha Yevropa Itti

22 Mar 08:54
 
63
0
xs.uz

Yerga 5 balli magnit boʻroni yaqinlashmoqda

Boʻron K-indeksi bilan hisoblaganda 5 ballik boʻlib, bu kuchli taʼsir doirasidan darak beradi. Natijada, kosmik ob-havoning noxush holatlari kuzatilib, sunʼiy yoʻldosh, navigatsiya hamda aloqa tizimlarida muammolar yuzaga keladi.Magnit boʻroni meteorologik oʻzgarishlarga sezgir insonlarning salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi, jumladan, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va umumiy holsizlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor.