Oʻzbekiston-Singapur turizm yoʻnalishi tadbirkorlari ochiq muloqoti oʻtkazildi


24-may kuni Toshkent shahrida Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston-Singapur turizm yoʻnalishi tadbirkorlari oʻrtasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning mamlakatimizga ilk davlat tashrifi doirasida tashkil etilgan tadbirda singapurlik turoperatorlar va OAV vakillaridan iborat delegatsiyasi hamda mahalliy turizm sohasi vakillari bilan B2B uchrashuv oʻtkazib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish oʻzaro sayyohlar oqimini koʻpaytirish borasida fikr almashishdi.
Uchrashuvni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari U.Azamov kirish soʻzi bilan ochib berdi va ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniyat va turizm sohasida aloqalarni mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan saʼy-harakatlar toʻgʻrisida alohida toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, kelgusida Singapurning boy turistik salohiyatidan kelib chiqib, Oʻzbekistonga ushbu davlatning yetakchi turizm sohasi vakillari va OAVlarini tashrifini tashkillashtirish borasida ham soʻz yuritildi.
Shundan soʻng ikki davlat turoperatorlari oʻrtasida B2B uchrashuvlar oʻtkazildi va hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha yangi qadamlar qoʻyildi. Bugungi kunda Oʻzbekiston sayyohlik bozorida oʻz xizmatlarini koʻrsatib kelayotgan bir qator tur kompaniyalar (“Protravel”, “East Asia Point”, “Orient Mice DMC”, “Asialuxe”, “Mercury Tour”, “Sitara International”, “Peopletravel”, “Grand Evroasia Group”, “Sanat Travel”) va Singapurning (“EU Holidays”, “Pegasus Travel Management”, “Green Island Tours”, “PlanTrip”) bir guruh turoperatorlari oʻrtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Xabaringiz bor, shu kunlarda Singapur Respublikasi bilan madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda ushbu davlatdan mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Singapurning sayyohlik agentliklari milliy assotsiatsiyasi (NATAS) boshchiligida Singapurning yetakchi sayyohlik kompaniyalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun info-tur tashkil etilmoqda.
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y
Mahsuloti xorijnikidan qolishmaydigan korxona
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay sharoit tufayli mahalliylashtirish orqali import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish koʻlami ortdi. Bu ichki bozordan ortinib, xorijga eksport salohiyatini kengaytirish imkonini bermoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidagi 400 ga yaqin eksportchi korxonalar tomonidan 149,4 mln. AQSH dollariga teng qiymatdagi mahsulot eksport qilindi. Bunda Jalaquduq tumanidagi 'SPZ-Bearings' Oʻzbekiston-Ro