Finlyandiya Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini topshirdi


Illyustrativ foto
Finlyandiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga 109 million yevro miqdoridagi 16-harbiy yordam paketi yuborilganini eʼlon qildi.
Xelsinki Kiyevga navbatdagi harbiy yordam paketini topshirdi. Bu haqda Finlyandiya mudofaa vazirligi maʼlum qildi.
“Bu Finlyandiyadan Ukrainaga 16-bor harbiy texnika yetkazib berilishi. U zenit qurollari va oʻq-dorilarni oʻz ichiga oladi. Finlyandiya uchun ushbu partiyaga kiritilgan aslahalarning taxminiy qiymati 109 million yevroni tashkil etadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Finlyandiya Ukrainaga jami 1,1 milliard yevrolik yordam bergan.
Avvalroq, Ukrainaga Niderlandiya tomonidan berilgan harbiy yordamning umumiy hajmi maʼlum boʻlgan edi. Xususan, Kiyevga 1,6 milliard yevroga yaqin mablagʻ ajratilgan boʻlsa, yetkazib berilgan aslahalarning qiymati 732 million yevroni tashkil qilgan.
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,
ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ
Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * * Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi: London Moskvani ogʻir ahvolga solib qoʻymoqchi
Buyuk Britaniya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiyaga tegishli 25 milliard funt sterlingdan (deyarli 30 milliard yevro) ortiq aktivlarni muzlatib qoʻydi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi qoshidagi Moliyaviy sanksiyalarni amalga oshirish boshqarmasi (OFSI) 21-mart kuni maʼlum qildi. London va uning ittifoqchilari Rossiyaga nisbatan tarixdagi eng qattiq moliyaviy sanksiyalar joriy etilganini qayd etmoqda.OFSI hisobotida qayd etilishicha, 2022-yil fevral oyidagi toʻliq miqyosli urush