Air Products kompaniyasi Oʻzbekiston gaz-kimyo sanoatiga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi


2023-yilning 25-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Air Products” kompaniyasi va “Oʻzbekneftgaz” AJ oʻrtasida “Air Products” kompaniyasi tomonidan 1 mlrd dollarlik investitsiya evaziga Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy gazni qayta ishlash qurilmasini rivojlantirish boʻyicha Investitsiya shartnomasi imzolandi.
Tabiiy gazni qayta ishlash sanoat majmuasi dunyodagi eng zamonaviy energetika korxonalaridan biri boʻlgan “Uzbekistan GTL” zavodining ajralmas qismi boʻlib, yiliga 1,5 million tonna yuqori qoʻshimcha qiymatga ega sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqaradi va kelajakda ichki isteʼmol va eksportga yoʻnaltiradi.
Maʼlumot uchun: 2021-yil 25-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqaruvchi “Uzbekistan GTL” majmuasi ishga tushirilgan edi. Ushbu majmua dunyoda beshinchi hisoblanadi. Bungacha Qatar, Nigeriya, Janubiy Afrika va Malayziyada ham shunday yirik majmualar qurilgan.
“Air Products” direktorlar kengashi raisi, prezidenti va bosh direktori Seyfi Gasem shartnomani quyidagicha sharhladi: “Oʻsish surʼati yuqori boʻlgan mamlakat – Oʻzbekistonda ushbu strategik hamkorlik orqali biz eng ilgʻor texnologiyalar va bilimlarimizni qoʻllash imkoniyatiga ega boʻlamiz. Bu kelishuv yuqori sifatli arzon yoqilgʻi ishlab chiqarish va oʻsib borayotgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish imkonini beradi. Biz ushbu uzoq muddatli va barqaror sheriklikni rivojlanishini kutmoqdamiz, shuningdek, Oʻzbekiston bilan hamkorlik imkoniyatlaridan mamnunmiz.
Marosimda taʼkidlanganidek, “Air Products” kompaniyasi tajribasidan “Uzbekistan GTL” zavodida — tabiiy gazni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish orqali samaradorlik oshiriladi, mahsulot tannarxi pasaytiriladi va zararli chiqindilarni kamaytirishga erishiladi.
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi
Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl
Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi
Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-