calendar 20 May 14:23
eye 81
comments 0
comments Manba: xs

Budapeshtda O‘zbekiston-Vengriya Ikkinchi rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi

image

19 may kuni Vengriyaning poytaxti Budapesht shahrida O‘zbekiston-Vengriya oliy ta’lim muassasalari rektorlari II forumi o‘tkazildi. Xalqaro forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov boshchiligidagi OTM rektorlari, prorektorlari hamda mas’ul rahbarlardan iborat delegasiya ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanni Vengriya  Madaniyat va innovasiyalar vazirligi innovasiyalar va oliy ta’lim bo‘yicha davlat kotibi, professor Balázs HANKÓ kirish so‘zi bilan ochib, tashrif buyurgan mehmonlarni samimiy qutladi va ushbu forum ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.

– Avvalo, bizning ikki vazirligimiz maqsadlari mushtarakligidan mamnun ekanimizni izhor etmoqchiman. Shu o‘rinda universitetlarimiz xususiy sektor bilan yanada yaqinroq ishlashi kerakligi muhim. Hamkorlikda iqtidorli talabalarni ko‘paytirish orqali ikki davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga erishamiz. Qo‘shma ilmiy loyihalarni ko‘paytirish, professional ta’limni rivojlantirish ham hamkorligimizning muhim qismi bo‘lib qoladi, – dedi Balázs HANKÓ.

O‘zbekiston tomonidan so‘zga chiqqan Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan rektorlarning birinchi forumi natijasida universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari sezilarli darajada kengayganini ta’kidlab, bu galgi forum ishida ham muhim kelishuvlarga erishilishini qayd etdi.

– Bugun O‘zbekiston-Vengriya o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovasiyalar sohalaridagi hamkorlik aloqalari jadallashib bormoqda. Shuni alohida qayd etmoqchimanki, so‘nggi yillarda Vengriya tomoni Vengriya hukumatining yillik stipendiyalari sonini 30 tadan 170 tagacha oshirdi. Albatta, biz buni Vengriya tomonining iqtisodiyotimiz uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qo‘shayotgan ulkan hissasi deb bilamiz, – dedi K. Karimov.

Shuningdek, anjumanda so‘z olganlar ikki davlat ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari, uning yutuqlari va istiqbollari haqida to‘xtaldi. Forum ishiga muvaffaqiyat tilanib, ushbu nufuzli anjuman natijasi mamlakatlar o‘rtasida sohadagi aloqalarning jadallashuviga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. Namangan muhandislik-texnologiya instituti, “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Toshkent Davlat Sharqshunoslik, Texnika universitetlari, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kabi 13 ta oliy ta’lim muassasalari rektorlari chiqishlar qildi. 

Ta’kidlash joizki, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi Birinchi rektorlar forumi 2021 yilda Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘lib, ushbu tadbir O‘zbekiston Vengriya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishiga xizmat qilgan edi. Birinchi forum natijalarida imzolangan shartnomalar va memorandumlar asosida O‘zbekistonlik talabalar va doktorantlar Vengriyada tahsil olish va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

O‘zbekiston–Vengriya qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovi ham ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim jihatlaridan bo‘lib, hozirda mazkur loyihalar uchun ikki mamlakat tomonidan teng miqdorda 1 mln yevrodan mablag‘ ajratilgan.

Kelgusida esa O‘zbekistonda Vengriyaning eng qadimgi universitetlaridan biri bo‘lgan Debresen universitetining filiali ochilishi kutilmoqda. 

2018 yildan beri Vengriya hukumati har yili O‘zbekiston fuqarolariga stipendiyalar taqdim etib kelmoqda. “Stipendium Hungaricum” dasturi qisqa muddatlarda o‘zbekistonlik yoshlarning e’tiborini tortdi. So‘nggi yillarda Vengriya hukumati stipendiyalar sonini 6 baravarga oshirgani (30 tadan 170 tagacha) yoshlarimizning sifatli ta’lim olishlariga imkon yaratmoqda. 

Hozirda O‘zbekiston Vengriya bilan hamkorlikda farmakologiya, farmasevtika va boshqa tibbiyot sohasidagi yo‘nalishlarda, shuningdek, ta’lim sohasiga innovasiyalarni joriy etishda, qishloq xo‘jaligi, suv resurslaridan foydalanish, zamonaviy biotexnologiyalar yordamida suvni sanat miqyosida tozalash, tomchilatib sug‘orish sohalarida eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha bilimlarga ega mutaxassislar tayyorlashdan manfaatdor.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
48
0
xs.uz

“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi

Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar

20 Mar 12:54
 
54
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin

22 Mar 08:54
 
67
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi

Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y

04 Apr 16:18
 
50
0
xs.uz

Mahsuloti xorijnikidan qolishmaydigan korxona

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay sharoit tufayli mahalliylashtirish orqali import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish koʻlami ortdi. Bu ichki bozordan ortinib, xorijga eksport salohiyatini kengaytirish imkonini bermoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidagi 400 ga yaqin eksportchi korxonalar tomonidan 149,4 mln. AQSH dollariga teng qiymatdagi mahsulot eksport qilindi. Bunda Jalaquduq tumanidagi 'SPZ-Bearings' Oʻzbekiston-Ro