calendar 20 May 13:56
eye 62
comments 0
comments Manba: zarnews

Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasida 3 ta ilmiy katalog nashrdan chiqdi

image

18 may - Xalqaro muzeylar kuni arafasida Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasida 3 ta ilmiy katalog nashr etildi va muzey-qo'riqxonada nashr etilgan kataloglar soni 11 taga yetdi.

Taʻkidlash lozimki, katalog tizimlashtirilgan ro'yxat, bir mavzuga oid ashyolar jamlanmasi, muzey kollektsiyalarini o'rganish va tizimlashtirish bo'yicha ilmiy ishlar natijasidir. Kataloglashtirish muzey ilmiy ishining eng muhim bosqichlaridan biri bo'lib, muzey kollektsiyalarining kataloglarini tuzish sanʻat asarlarini hujjatlashtirishga, ularni ilmiy muomalaga kiritishga, shu bilan madaniy meros obʻyektlarini saqlashga yordam beradi.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 27 maydagi "Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan 2022-2023 yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Ushbu dasturda muzeylar sohasini targ'ib qilish va ommalashtirish nazarda tutilgan bo'lib, har bir muzey yilda kamida bir donadan o'zining noyob ashyolari va kollektsiyalari kataloglarini yaratishi hamda nashr qilib, kitob do'konlarida ularning sotuvini yo'lga qo'yishi ko'zda tutilgan. Shu maqsadda 2022 yilda muzey-qo'riqxonada "Tasviriy sanʻat durdonalari", "Amir Temur maqbarasining o'rganilishi tarixidan" kabi bir nechta kataloglar, joriy yilda "Mahmudxo'ja Behbudiy uy-muzeyi", "Ergash Jumanbulbul o'g'li yodgorlik muzeyi" nomli kataloglar nashrdan chiqarildi. 

Joriy yilning 25-26 may kunlari Madaniy meros agentligi tomonidan Samarqand shahrida "Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar" xalqaro forumi hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferentsiya, "Buyuk ipak yo'li" tadqiqotlari" ko'p jildli katalog taqdimoti o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirda  birinchi marta Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasi tomonidan nashr etilgan kataloglar taqdimoti o'tkaziladi.

Zokir JAYNAROV, Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasi marketologi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
41
0
postda.uz

«YASHIL» IQTISODIYOT – TARAQQIYOT KAFOLATI

Ma’naviyat va ma’rifat darsiButun dunyo davlatlari qatori, mamlakatimizning ham «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi masalasi eng muhim hayotiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik vatandoshlar «yashil» iqtisodiyotni energetika sohasini isloh qilishdan iborat deb hisoblashadi. Vaholanki, uning ichiga toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar, ekologik barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, o‘rmon hududlarini kengaytiris

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig

24 Mar 13:25
 
87
0
xs.uz

“Har toshi tarixdir qardosh diyorning...”

Badiiyat olamiXabaringiz bor, koʻp yillardan beri 'www.xs.uz' saytimizda xalqning maʼnaviy-ruhiy ozuqasi sanalgan, inson qalbini poklash, tafakkur olamini yoritish, orzu-umidlari roʻyobi sari qanot qoqishdek vazifani zimmasiga olgan badiiy soʻz sanʼati sohiblarining bir-biridan goʻzal va mazmundor ijodiy asarlarini yoritib boramiz.Shu maʼnoda, bugun 'Badiiyat olami' ruknida joylanayotgan sheʼr-u hikoyalar koʻpchilikning qalbidan joy olib, maʼnaviy dunyosini yuksaltirishda kamarbasta bo

20 Mar 12:50
 
66
0
postda.uz

АҲДИДАН ҚАЙТМАГАН «НОРТОЙ»

Ўзбекистонда биринчи фильм 1897 йил «Эски жўва» майдонида кўрсатилган. 1936 йилдан «Ўзбекфильм» киностудиясининг ташкил топиши ўзбек кино санъати ривожини бошлаб берди. Ўзбек халқи орасидан театр ва кино санъатига ихлосманд ёшлар етишиб чиқа бошлади. Ана шундай ижодкорлард